Karakas: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 1:
'''Karakas''' — Venesuela poytaxti. Karib And togʻlari orasidagi vodiyda, dengiz sathidan 900—1000 m balandlikda, Karib dengizidan 13—14 km ichkarida joylashgan. Iqlimi subekvatorial sernam iqlim. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 18°, iyulniki 21,2°. Yiliga 820 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 3,4 mln. kishi (1998). Shaharga 1567 y.da ispanlar asos solgan. 18-a.da Ispaniya mustamlaka imperiyasining yirik iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. 1810 y.da K.da boshlangan qoʻzgʻolon 1810—26 y.larda Amerikadagi Ispaniya mustamlakachiligiga qarshi urushlarning boshlanishi boʻlgan. Buyuk Kolumbiya davlati parchalanganidan soʻng (1830) K. Venesuela poytaxti boʻlib qoldi.
 
K. — mamlakatning muhim siyosiy, savdo, moliya, sanoat va madaniyat markazi. Muhim transport yoʻllari tuguni. Shahar t.y. va shosse yoʻli orqali La-Guayra porti va Mayketiya xalqaro ahamiyatdagi aeroporti bilan bogʻlangan. K. orqali Pan-Amerika shosse yoʻli oʻtgan. Yirik chet el va milliy banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining idoralari joylashgan. Mashinasozlik, metallsozlik, neft kimyosi, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Oynashisha, qogʻoz, sement korxonalari bor. K.da metropoliten qurilgan. Bir necha un-tuniversitet, Milliy ped. instituti, oliy tibbiyot maktabi, 2 ta musiqa akademiyasi, Venesuela til akademiyasi, Milliy tarix akademiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va b. ilmiy muassasalar, bir necha Xalqaro jamiyatlar, milliy ku-tubxona; Bolivar, Tabiiy ilmlar, Mustamlakachilik sanʼati muzeylari, teatrlar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Plasa Bolivar markaziy maydonidagi sobor (1664—74 y.lar) saqlangan. K. 1812 va 1990-y.larda kuchli zilzilalardan vayron boʻlgan, keyinchalik qayta qurilgan. 20-a.da "Simon Bolivar" jamoat markazi (1938), Nafis sanʼat muzeyi (1960), Milliy panteon, kapitoliy va b. qurilgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==