Karachi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 5:
K. — mamlakatning eng katta shahri, iqtisodiy va savdo markazi. Transport yoʻllarining xalqaro tuguni, dengiz porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t.). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat tashqi savdosining aksari qismi (taxm. 70%) K. orqali oʻtadi. K. va uning atrofida erkin savdoning mamlakatda birinchi eksport ishlab chiqarish zonasi tashkil etilgan. K. va uning atrofidagi sanoat korxonalari Pokistonda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 1/2, jumladan, toʻqimachilik (asosan, ip gazlama) sanoati mahsulotining 1/3 qismiga yaqinini beradi. Oziq-ovqat (tamaki, baliqni qayta ishlash va b.), koʻn poyabzal, sellyuloza-qogʻoz, sement, oyna, kimyo va farmatsevtika, metallsozlik va mashinasozlik (avtomobilsozlik, kemasozlik, ehtiyot qismlardan mototsikl va motorollerlar yigʻish va b.), rezina-texnika, neftni qayta ishlash korxonalari bor. K. yaqinida mamlakatdagi birinchi AES joylashgan.
 
K.da banklar, sugʻurta va savdo kompaniyalarining boshqarmalari, bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, un-tuniversitet (1951), politexnika instituti, ilmiy tadqiqot intlari, kollejlar, Milliy muzey, Pokiston davlati asoschisi M.A.Jinna maqbarasi, zamonaviy meʼmoriy binolardan Oliy sud binosi (20-a. boshi), "Interkontinental" mehmonxonasi, Davlat banki binosi va b. bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==