Sankt-Peterburg: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{birlashtirish|Sankt-peterburg}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
:''[[Leningrad]] bu yerga yoʻnaltiradi. Bu soʻzning boshqa maʼnolari uchun [[Leningrad (maʼnolari)]] sahifasiga qarang.
{| cellpadding="2" style="float:right; width:250px; background: #e3e3e3; margin-left: 1em; border-spacing: 1px;"
Qator 34 ⟶ 32:
|}
'''Sankt-Peterburg''' ([[rus tili|ruscha]]: {{audio|Ru-Sankt Peterburg Leningrad Petrograd Piter.ogg|Санкт-Петербу́рг}}) [[Boltiq dengizi]]ning [[Finlandiya koʻrfazi]] sharqida, [[Neva daryosi]] boʻyida joylashgan [[Rossiya Shimoli-Gʻarbiy federal okrugi]] federal subyektidir. Sankt-Peterburgning norasmiy nomi - ''Piter'' (''Питер'') - unga asos solgan [[Pyotr I]] ismidan kelib chiqqan. Shahar shuningdek '''Petrograd''' (''Петрогра́д'', 1914–1924) va '''Leningrad''' (''Ленингра́д'', 1924–1991)<ref> Sankt Peterburg gubernatorligi sayti: http://eng.gov.spb.ru/</ref> deb ham atalgan.
 
'''Sankt-Peterburg''' (Peterburg) (1914—24 y.larda Petrograd, 1924—91 y.larda Leningrad) — RFdagi shahar, Leningrad viloyati markazi, federal ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. T.y. va avtovokzallar, xalqaro aeroport bor, dengiz porti, qahramon shahar, Volga — Baltiysk suv yoʻlining oxirgi punkti. Neva boʻyi pasttekisligining gʻarbiy qismida, Fin qoʻltigʻiga Neva daryosi quyiladigan yerda va Neva deltasidagi 42 orolda joylashgan. Iklimi dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi nisbatan salqin, obhavosi oʻzgaruvchan. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —7,9°, iyulniki 17,7°. Yillik yogʻin 585 mm. Yozning 1-yarmida "oqtunlar" hodisasi kuzatiladi. S.P. hududi 570 km2 (Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli shaharlar va shaharchalar hududi bilan birga 1350 km2dan ziyod). Aholisi 4188,6 ming kishi (S.P. shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlaribn 4748,5 ming kishi, 1998). Shahar chegarasi doirasida 40 dan ziyod dare va 20 dan ziyod kanal mavjud (umumiy uz. 160 km dan ortiq). Neva daryosining shahar hududidagi eni 340—650 m, chuq. 14—23 m. S.P. hududining ancha qismi dengiz sathidan 1,2—3 m dan baland boʻlmagan tepaliklarda joylashgan. Shu bois shaharning bu tumanlarida, asosan, Fin qoʻltigʻining sharqiy qismida shamol taʼsirida suv bosishi xavfi bor. S.P.ni suv bosishidan himoyalash uchun Neva va Fin qoʻltiqlari chegarasida 1980—90 y.larda gidrotexnik majmua qurilgan.
 
S.P. joylashgan hudud 9—10-a.larda novgorodliklarga qarashli (13-a.dan Ijora yeri nomi bilan mashhur) boʻlgan. 15-a.da S.P. oʻrnida Novgorod Respublikasiga qarashli qishloqlar joylashgan. 1478 y.da Rus davlati tarkibida. 17-a. boshlarida shvedlar Neva sohillarini ishgʻol qilib, Oxta daryosining quyilish joyida Niyenshans qalʼasini bunyod etdilar. Rus qoʻshinlari 1703 1(12) mayda bu kalʼani ishgʻol qildilar va 16 (27) mayda Pyotr I Zayachiy o.da SanktPiterBurx (keyinroq Petropavlovsk) kalʼasiga asos soldi. 1703—04 y.larda Kotlin o.da Kronshlot qalʼasi bunyod etilgan (1723 y.dan Kronshtadt). 1704 y. Nevaning chap sohilida Bosh Admiralteystvoga asos solindi. 1705 y.da uning atrofida Admiralteystvo qalʼasi qad koʻtardi.
 
S.P.ga asos solinishi Rossiyaning Boltiq dengiziga va u orqali Yevropaga chiqish uchun olib borgan kup yillik kurashi samarasi boʻldi. Shahar sanoat markazi sifatida tez oʻsdi. 18-a. oxiridayoq shaharda 160 sanoat korxonasi bor edi. 1708 y.dan S.P. Ingermanland, 1710 y.dan S.P. gubernyasi markazi. 1712—28 va 1732—1918 y.larda — Rossiya poytaxti. Bu yerda podsho saroyi (1712 y.dan), Senat (1713 y.dan), kollegiyalar (1718 y.dan; 1802 y.dan vazirliklar) va b. davlat muassasalari joylashgan.
 
Shahar mamlakatning siyosiy, sanoat, ilmiy va madaniy markazi sifatida rivojlandi. 1710 y.da Troitsa va Muqaddas Aleksandr Nevskiy monastiriga asos solindi (1797 y.dan Aleksandr Nevskiy lavrasi). 1712—13 y.larda Rossiya imperatorlarining xilxonasiga aylangan Petropavlovsk sobori kurildi. 1711 y.da Rossiyadagi birinchi hukumat bosmaxonasi ochiddi. 1714 y.da Pyotr I ning shaxsiy kolleksiyasi asosida Rossiyadagi birinchi muzey — Kunstkamera faoliyat koʻrsata boshladi. 1725 y.da mamlakatning bosh ilmiy markazi Peterburg FA taʼsis qilindi. 1756 y.da Rossiyadagi birinchi doimiy, ommaviy teatr tashkil etildi. 1757 y.da Rossiya tasviriy sanʼatining taraqqiyotida katta mavqega ega boʻlgan Peterburg tasviriy sanʼat akademiyasiga asos solindi. 18-a. oʻrtalarida Smolniy monastiri ansambli, kishki saroy qad koʻtardi. 1814 y.da mamlakatda birinchi boʻlgan jamoat kutubxonasi (hoz. Rossiya milliy kutubxonasi) ochilgan.
 
19-a.da va 20-a. boshlarida S.P. — siyosiyjamoat tashkilotlari va harakatlarining bosh markazi. 1825 y. 14 dek. da shaharning Senat maydonida podsho hukumatiga qarshi qaratilgan birinchi qurolli chiqish — dekabristlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1881 y. 1 martda "Narodnaya volya" terrorchilari tomonidan imperator Aleksandr II otib oʻldirildi. 1905 y. 9 yanv.da xalq namoyishi qatnashchilari otib tashlandi. 1-jahon urushi boshlanishidan keyin 1914 y.ning 1 avg .da shaharga yangi "Petrograd" nomi berildi. 1917 y.da Petrogradsa Fevral inqilobi va Oktyabr toʻntarishi sodir boʻldi. Chor hukumati agʻdarilgandan keyin shaharda Rossiya Vaqtli hukumati organlari joylashgan. 1917 y. okt.da Petrogradda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1918 y.dan poytaxt Moskvaga oʻtkazilishi bilan shahar oʻz mavqei boʻyicha mamlakatning 2shaxri boʻlib qoddi. 1924—91 y.larda Leningrad deb yuritildi. 1927 y.dan Leningrad viloyati markazi, 2-jahon urushi yillarida shahar nemis fashistlari va fin qoʻshinlari tomonidan qamalda boʻldi (1941 y. 8 sent. 1944 y. 27 yanv.). Urush davrida Leningrad ogʻir talafot koʻrdi. Rasmiy maʼlumotlar boʻyicha ochlikdan 641 ming (tarixchilar hisobi boʻyicha 800 mingga yaqin) leningradlik halok boʻdsi 1945 y.da Leningradga "Qaxramon shahar" unvoni beriddi.
 
1991 y.da shahar qaytadan oʻzining tarixiy "Sankt-Peterburg" nomi bilan ataldi.
 
S.P. — yirik mashinasozlik va fantexnika bilan bogʻliq sanoat tarmoklari markazi (kemasozlik, energomashinasozlik, priborsozlik, radioelektronika va mudofaa bilan bogʻliq sanoat korxonalari mavjud); qora va rangli metallurgiya, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoatlari bor. 1955 y.dan metropoliten ishlaydi.
 
S.P.da Rossiya FAning ilmiy markazi, koʻp sonli ilmiy tadqiqot intlari, 43 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, untlar, konservatoriya faoliyat) koʻrsatadi. Shaharda 20 teatr (shu jumladan, Mariinskiy, M. P. Musorgskiy nomidagi opera va balet teatrlari, Katta dramatik teatr va b.), filarmoniya, sirk, 47 muzey (shu jumladan, Ermitaj, Rus muzeyi, Sankt-Peterburg tarixi muzeyi, Rossiya FAning Buyuk Pyotr nomidagi antropologiya va etnografiya muzeylari) ishlab turibdi. S.P.da 18—19 a.larga oid meʼmoriy ansambllar: Petropavlovsk qalʼasi majmuasi, Aleksandr Nevskiy lavrasi, Smolniy, Vasiliy oroli yoyi (Birja binosi bilan birga), Qishki saroy, Aleksandr ustuni va Bosh shtab arkasi bilan birga Saroy maydoni, Pyotr I ga oʻrnatilgan haykal va Isaakiyevskiy sobor bilan birga Dekabristlar (avvalgi Senat) maydoni; Nevskiy prospekt ansambli: Kozon sobori, meʼmor Rossi koʻchasi bilan birga Rossiya akademik drama teatri va Rossiya milliy kutubxonasi, Mars maydoni, Yozgi bogʻ va muhandislik qasri mavjud. Klassitsizm va ampir uslubida qurilgan yodgorliklardan: Tasviriy sanʼat akademiyasi, Konchilik inti, Narva darvozalari binolari, koʻpriklar saqlangan. 1960 y.da Piskaryov qabristonida meʼmoriymemorial majmua bunyod etildi. S.P. atrofida: Petrodvorets (Petergof), Pushkin (Sarskoye Selo), Pavlovsk, Gatchinada saroypark ansambllari (18— 19-a.lar) bor. S.P. — Rossiya va xalqaro turizmning muhim markazi. 2003 y.da S.P.ning 300 y.lik yubileyi keng nishonlandi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Ilovalar ==
Qator 40 ⟶ 57:
 
{{geo-stub}}
{{OʻzME}}
 
{{Link FA|de}}
{{Link FA|el}}