Umar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 3 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q8467 (translate me)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Umar ibn Xattab''' ([[arab tili|arabcha]]: '''عمر بن الخطاب'''; ''o`qilishi'': `Omar ibn al-Xattāb, [[581-yil]]– [[644]]-yil, [[7-noyabr]]) - [[Islom dini]] [[payg`ambar]]i [[Muhammad]]ning yaqin safdoshlaridan biri, [[Arab xalifaligi]] davrida [[Abu Bakr]]dan so`ng ikkinchi [[xalifa]](''634-644-yillar''). Shuningdek, Buyuk Umar(Omar) nomi bilan ham mashhur. Asli Quraysh [[qabila]]sining Banu Adi sulolasidan. "Xulafa ur-Rashidun"(''"To`g`ri yo`ldagi xalifalar"'') nomini olgan xalifalardan biri. Umar vafotidan keyin Usman ibn Affon xalifa etib tayinlandi.
 
'''Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq''' (taxm. 585—644) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644). Islomni taxm. 616 y. qabul qilgan. Muhammad (sav)ning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval U.ni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. U.ning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol U. xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. U. yangi musulmon yil hisobi — hijriy yil taqvimini joriy etdi. Sunniylar tarixiy anʼanasida U. risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning "oltin asri" deb ulugʻlanadi. U. Muhammad (sav) ning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan.
 
== Havolalar ==
* [http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=303&Itemid=113 Islom.Uz:Umar ibni Hattob]
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->