Inson huquqlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Inson huquqi''' — [[shaxs]]ning hayotiy [[ehtiyoj]]i, yashashi, komil topishi uning [[jamiyat]], [[davlat]] va boshqa [[shaxs]]lar bilan aloqasi uchun zarur boʻlgan xususiyatlari.
[[File:HumanRightsLogo.svg|thumb|Inson huquqi logotipi]]
[[Inson huquqlari]] va [[erkinlik]]lari tizimi oʻz yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega. Adabiyotlarda '''„inson huquqlarining uch avlod“''' bosqichi haqida koʻrsatilgan.
 
Ular quyidagilardan iborat.
*Inson huquqlarining „birinchi avlodi“ — [[fuqarolik]] va [[siyosiy]] huquqlar hisoblanadi.
*Inson huquqlarining „ikkinchi avlodi“ — bir qator obʼektiv va subʼektiv omillar taʼsiri ostida shakllandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda [[iqtisodiyot]] sohasida sezilarli siljishlar roʻy berdi.
*Nihoyat, [[inson huquqlari]]ning „uchinchi avlodi“ — „hamjihatlik huquqlari“ deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy eʼtirof etilgan qoidaga koʻra bu huquqlar: tinchlikka boʻlgan huquq, bexavotir tabiiy atrof muhitga boʻlgan huquq, insonniyatning [[iqtisod]]iy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar.
 
Insonning oʻz erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga koʻtarilgan quyidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda oʻzining moddiy ifodasini topgan:
*Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215 y.);
*huquq toʻgʻrisidagi petitsiya (1628 y);
*„Habea Cozpus AKT“ (1679 y.);
*huquqlar toʻgʻrisidagi bill (1689 y.);
*Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776 y.);
*Amerika Qoʻshma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 y.);
*Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789 y.);
*Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 y.);
*Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro Pakt (1996 y) va boshqalar.
 
'''Inson Huduqlari''' barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlar [[Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi]]ga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bi insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.
 
Qator 10 ⟶ 30:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{stub}}
 
 
[[Turkum:Huquqshunoslik]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{Law-stub}}
{{OʻzME}}
[[Turkum:Huquqshunoslik]]