Adam Smith: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 110 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q9381 (translate me)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 24:
}}
'''Adam Smith''' (talaffuzi:''Adam Smit''; choʻqintirilgan va tahminlarga koʻra [[1723|1723-yilning]] [[5-iyun]]ida tugʻilgan, eski yil boʻyicha)([[16-iyun]]da yangi yil boʻyicha), [[1790|1790-yilning]] [[17-iyul]]ida, Kirkaldida vafot etgan) – [[Shotlandiya|shotlandiyalik]] [[iqtisodiyot|iqtisodchi]], [[falsafa|faylasuf]] – [[etika|etik]]; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.
 
SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford un-tlarida oʻqigan. Glazgo untida prof. (1751—63). 1778 y.da Edinburgda bojxona komissari, 1787 y.da Glazgo un-ti rektori. 1759 y.da bosilib chiqqan "Axloqiy hissiyotlar nazariyasi" kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776 y.da eng asosiy iqtisodiy asari "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot" nashr etiddi. Asar 5 kitobdan iborat. Asardaoʻshadavrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iktisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. S. fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaatini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obʼyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. S. foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. S qarashlarida kapitalistam jamiyat tabiiy tuzum; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daromad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. S. qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.
 
S. nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. S. daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. S. ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita boglik boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. S. iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. S. xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblangan ("mutlaq afzallik tamoyili").
 
S.ning taʼlimoti keyingi iqtisodiy tafakkur rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi (asosiy asari olim hayotligi davrida 5 marta qayta nashr etilgan). S.ning ilmiy gʻoyalari klassik siyosiy iqtisodning asosini tashkil etadi (q. [[Klassik siyosiy iqtisod maktablari]]).
 
== Hayoti va ijodi ==
Qator 58 ⟶ 64:
* [http://oll.libertyfund.org/index.php?option=com_content&task=view&id=995&Itemid=272 Timeline of the Scottish Enlightenment] at the [http://oll.libertyfund.org/ Online Library of Liberty]
 
== Manbalar ==
{{Link FA|fr}}
* Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov. Per. s angl., M., 1962.
 
== Adabiyot ==
* Razzoqov A. va b., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002.
 
Abduxalil Razzoqov.
 
{{bio-stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:1723-yilda tugʻilganlar]]
Qator 65 ⟶ 79:
[[Turkum:1790-yilda vafot etganlar]]
[[Turkum:17-iyulda vafot etganlar]]
 
{{Link FA|fr}}