Kutubxona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 7:
Yozuvning paydo boʻlishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qoʻlyozma va keyinchalik bosma kitoblarning koʻpayishi K.larning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratdi. K.lar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo boʻlgan. Mil. av. 2-ming y.likda sopol bitiklari saqlangan K.lar boʻlgan. Mil. av. 7-a. oʻrtalarida Sharqdagi koʻp saroylarda, Qad. Misr va Rim ibodatxonalari qoshida K.lar boʻlgan. Qad. davrdagi K.lardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kushubxonasidir.
 
Gʻarb. Yevropada ilk oʻrta asrlarda movastr va ibodatxonalar qoshida K.lar tashkil etilgan. Kitob bosishning ixtiro qilinishi K.lar rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Sarbonva, Geydelberg un-tlariuniversitetlari qoshida, shuningdek, Vatikan K., Parijdagi Kirollik K. kabi K.lar paydo boʻla boshladi.
 
Oʻzbekiston hududida mil. av. 1-ming yillikning soʻnggi asrlarida dastlabki K.lar paydo boʻlgan. Dastlabki K.lar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qoʻshni boʻlgan xalqlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan, oʻsha davrlardagi mavjud qoʻlyozmalar bilan ham tanish boʻlgan. Oʻzbekiston xalqlarining qad. yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davri (7—9-a.lar)da yoʻq qilib yuborilgan. 9—10-a.larda Oʻrta Osiyoda fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va b. yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida K.lar barpo etildi. Ayniqsa, Buxoroda koʻp K.lar mavjud boʻlganli-gi haqida maʼlumotlar bor. Ulardan eng mashhuri, eng boy va yirigi Somoniylar sulolaviy K.si edi. Madrasa va masjidlar qoshida ham K.lar boʻlgan. Moʻgʻullar istilosi arafasida Marv sh.da 10 ta yirik K. boʻlganligi haqida maʼlumotlar bor. 13-a.da Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Balx va b. shaharlar madaniyat markazlari, olimlar toʻplanadigan joy boʻlib, ularda yirik K.lar mavjud edi.
Qator 17:
OʻzRda K.ning ommaviy, ilmiy va maxsus turlari bor. Ommaviy K.lar adabiyotlarni saralash va keng kitobxonlar ommasiga yetkazish, faoliyatida turli kitobxonlar guruhlariga moʻljallangan kitoblarni targʻib qilish va oʻqishni boshqarishda faol va taʼsirchan usullarni qoʻllaydi. Bu guruhga Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi shahar va qishloq K.lari, kasaba uyushmalarining korxonalardagi K.lari, klublar, madaniyat uylaridagi K.lar kiradi.
 
Ilmiy va maxsus K.lar fan, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxassislarga xizmat koʻrsatadi, shuningdek, oliy va maxsus oʻquv yurtlari talabalarining ehtiyojlarini qondiradi. Ilmiy K.larga yirik davlat, akademiya, un-tuniversitet va tarmoqlar K.lari; maxsus K.larga texnika K.lari, muassasalar, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari va h.k.dagi K.lar kiradi. Saqlanayotgan adabiyotlar tarkibiga qarab K.ni universal, koʻp sohali va soha K.lariga ajratish mumkin. K.lar oʻz navbatida, faoliyati, mintakaviy darajasiga, mansubligiga qarab yana turlarga boʻlinadi (milliy K., davlat K.si, viloyat K.si, oʻsmirlar K.si, qishloq xoʻjaligi K.si va b.). Fantexnika taraqqiyoti sharoitida alohida K.
 
kitobxonlarning talablarini qondirishga qodir emas. Shuning uchun K.larni birgalikda faoliyat koʻrsatish jarayoni koʻzatilmoqda. Bu K. tarmoqlarini markazlashtirishda namoyon boʻlmoqda.
Qator 31:
K.lar faoliyati sharoitidagi oʻzgarishlar avvalgi sermehnat anʼanaviy K. texnikasini mexanizatsiyalash va av-tomatlashtirish bilan almashtirish vazifasini dolzarb qilib qoʻymokda. 50— 60-y. lardan K.larni texnika bilan taʼminlash birmuncha oʻsdi. Ayrim K. ichki jarayonlari (yirik K.larda koʻp kitoblarni harakatlantirish) konveyer va koʻtargichlar yordamida amalga oshiriladi, kitob fondlaridan birgalikda foydalanishda zavonaviy uslublarni qoʻllash, eng yangi texnika (jumladan, EHM)dan foydalanish va b. qoʻllanilmokda. Yangi K. anjomlari joylardan unumli foydalanishni, kutubxonachi mehnatining unumdorligini oshirishni taʼminlamoqda, kitobxonlarni adabiyotlar ustida ishlashini yengillashtirishga yordam bermoqda hamda i.ch. estetikasi talablariga toʻliq javob beradi.
 
Zavonaviy texnika kutubxonachini qoʻl mehnatidan ozod etib, uni asosiy vazifasi — kitobxonlar bilan madaniy tarbiyaviy ishlar olib borishga koʻproq vaqt ajratishga imkon yaratmokda. Dunyodagi eng yirik K.lar: AQShning Kongress K.si (Vashington), Britaniya K.si (London); Fransiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya va b. mamlakatlarning milliy K.lari, Rossiyadagi Rossi davlat K.si (Moskva), Rossiya milliy K.si (Sankt-Peterburg) va b., Oʻzbekistonda Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston FAning Asosiy kutubxonasi, Oʻzbekiston milliy un-tininguniversitetining Asosiy kutubxonasi, "Turon" kutubxonasi va b.
 
== Adabiyot ==