Liberiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 42:
L. chetga temir ruda, kauchuk, olmos, kofe va kakao, yogʻoch va taxta chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, toʻqimachilik va neft mahsulotlari, oziq-ovqat keltiradi. Tashqi savdoda AQSH, Niderlandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liberiya dollari.
 
Sogʻliqni saqlash asosan davlat ixtiyorida. Vrachlar L. un-tidauniversitetida, tibbiyot milliy institutida tayyorlanadi.
 
Maorifi va ilmiy muassasalari. L.da amerikacha oʻqish tartibi joriy etilgan, oʻqish ingliz tilida olib boriladi. 4—6 yoshdagi bolalar bogʻchalarda tarbiyalanadi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 y., oʻrta maktabda 6 y. Rasman 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablarida oʻqish bepul, oliy oʻquv yurtlarida pulli. Oliy oʻquv yurtlari: Monroviyadagi davlat unti (1862, 1951 y.dan un-tuniversitet), Kattington un-tuniversitet kolleji (1889), Texnologiya kolleji (1978). Ilmiy muassasalari: Suakokodagi markaziy tajriba st-yasi (1946), Harbeldagi tropik tibbiyot instituti, geogr. va qora metallurgiya jamiyati va b. L. davlat un-tininguniversitetining kutubxonasi, Monroviyada hukumat ku-tubxonasi, Milliy va Afrika muzeylari bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Deyli observer ("Kundalik kuzatuvchi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1981 y.dan), "Gerald" ("Xabarchi", ingliz tilidagi gaz., 1987 y.dan), "Sandi pipl" ("Yakshanbada xalq", ingliz tilidagi gaz.,), "Sandi ekspress" ("Yakshanba ek-spressi", ingliz tilidagi gaz.,) "Laybirian star" ("Liberiya yulduzi", ingliz tilidagi haftalik jur., 1954 y.dan). L. axborot agentligi 1978 y.da tuzilgan. L. radioeshittirish tizimi hukumat radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar xizmati boʻlib, 1960 y. tashkil etilgan.
Qator 50:
 
== Adabiyoti ==
Kru, vai, malinke va b. xalqlar, ingliz tilida soʻzlaydigan amerikalik negrlarning avlodlari folklor (ertak, afsona, masal, maqol va b.)ga boy. 1957 y. nashr etilgan "Grebo qabilasining tarixiy afsonalari va folklori" kitobida uning ayrim namunalari berilgan. 19-a.ning 30-y.larida M.D.Bukre vai xalqi tilida shu xalqning ilk tarixini yezdi. Zamonaviy adabiyot ingliz tilida rav-naq topdi. Adabiy kuchlar Yozuvchilar jamiyati atrofiga toʻplanishgan. Bayti Mur ("Yulduz changi" sheʼrlar toʻplamining muallifi), Liberiya un-tininguniversitetining prof. R. T. Dempster (L. adabiyoti antologiyasini tuzgan), yozuvchi Doris Benks Xenris, shuningdek, Edip Brayt ("Kundalik" pyesasining muallifi) L.ning mashhur adiblari hisoblanadi. L. adiblarining eng yaxshi asarlari mustamlakachilarni krralaydi, vatanga muhabbat tuygʻularini tarannum etadi.
 
Meʼmorligi va xalq sanʼati. L.ning markaziy hududlarida turar joylar, asosan, aylana, qisman toʻrtburchak sinchli kulbalardan iborat. Bu kulbalar loy bilan suvaladi, tomi, odatda, poxol, shox-shabba bilan yopiladi. Devorlari naqsh, yogʻoch oʻymakorligi bilan be-zatiladi. Sohillardagi shaharlarda (Monroviya va b. shaharlarda) 2—3 qavatli sinchli yogʻoch uylar (devorining pastki qismi betondan), shuningdek, ayvonli tosh uylar koʻp. Keyingi yillarda yirik jamoat binolari zamonaviy Yevropa meʼmorligi uslubida kurila boshladi. Turli diniy marosimlarda kiyiladigan kiyimlarning bir qismi boʻlib xizmat qiladigan yogʻoch ni-qoblar koʻp tayyorlanadi. Bu niqoblarning baʼzilarida xalqning etnik xu-susiyatlari, ayrimlarida masharabozlik unsurlari koʻrinadi. Xalq sanʼati turlari orasida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, toʻquvchilik, mayda-chuyda metall anjomlar tayyorlash keng tapqalgan.