Librevil: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 1:
'''Librevil''' — Gabon poytaxti. Mamlakatning yirik sanoat markazi va dengiz porti. Estuariy provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning shim.-gʻarbiy qismida, Gabon buxtasi sohilida joylashgan. Iqlimi ekvatorial iqlim; eng sovuq oy (iyul)dagi t-ra 24°, eng issiq oy (apr.)da 27°. Yiliga oʻrtacha 2648 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 362 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. L.ga 1849 y.da Portugaliyaning qullar tashiladigan kemasidan ozod boʻlgan afrikalikqullar guruhi tomonidan asos solingan (nomi ham shundan kelib chiqib, fransuz tilida "Erkin shaqar" degan maʼnoni anglatadi). 1886—88 y.larda Gabon fransuz mustamlakasi gubernatori qarorgohi; 1888—91 y.lar Gabon-Kongo fransuz mustamlakasining , 1891 — 1904 y.lar Fransiya Kongosining maʼmuriy markazi. 1960 y.dan mustaqil Gabon poytaxti. Taxta ti-lish va yogʻochsozlik (faner i.ch.) sanoati korxonalari, shuningdek, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, mebel) va oziq-ovqat (kofe, sholi oklash, tamaki qayta ishlash) sanoati; elektr va radio jihozlari ishlab chiqariladi, kema verfi bor. Neft, yogʻoch-taxta, faner, kofe, kakao eksport kilinadi. Shaharning markaziy qismida Prezident saroyi, Milliy majlis, O.Bongo nomidagi un-tuniversitet, Radio va televideniye uyi, savdo muassasalari kabi koʻplab zamonaviy binolar, L. yaqinida chuqur suvli Ovendo porti qurilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==