Marsel — versiyalar orasidagi farq

7 bayt qoʻshildi ,  8 yil oldin
k
un-t → universitet
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (un-t → universitet)
'''Marsel''' — Fransiyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Oʻrta dengizning Lion qoʻltigʻi sohilida, Rona daryosi etagida. Bush-dyu-Ron departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 807 ming kishi (1999). Kattaligi va ahamiyati jihatidan mamlakatda Parijdan key-in 2-oʻrinda. M. — mamlakatning eng yirik porti (yuk ortib-tushirish 90 mln. t dan ziyod). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni.
 
Shaharga mil. av. 6-a.da yunonlarning Massaliya koloniyasi sifatida asos solingan. Mil. av. 1-a.darimliklar egallagan. Mil. av. 6-a.dan Franklar davlati, 11-a.dan Provans grafligi, 1481 y.dan Fransiya qirolligi tarkibida. M. — mamlakatning muhim sanoat markazi. Neftni kayta ishlash, neft kimyosi, kimyo, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik, samolyotsozlik) sa-noatlari rivojlangan. Oziq-ovqat, qurilish materiallari i. ch. korxonalari mavjud. M.dan Strasbur va Karlsrue sh.lariga neft quvurlari oʻtkazilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar va sanʼat akademiyasi, 2 un-tuniversitet, konservatoriya, arxeologiya, nafis sanʼat va b. muzeylar, akvarium, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Rim qalʼasi qoldiqlari, Sen-Viktor cherkovi (11 — 15-a.lar), La-Major sobori (12-a.), ratusha, bazilika (1864) va b. saqlangan. Turizmning yirik markazi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
516 159

ta tahrir