Massachusetts: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 36:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Massachusets''' - AQShning shim.sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 21,4 ming km2. Aholisi 6,42 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Boston sh. Shtatning sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat, markazini Konnektikut daryosi vodiylari bilan parchalangan yassitogʻlik, gʻarbiy qismini Appalachi togʻlari egallagan. Aralash oʻrmonlar (ayniqsa, togʻlarda) keng tarqalgan. M. aholi eng zich joylashgan va iqtisodiy yuksalgan shtatlardan. Asosiy sanoat tarmogʻi — mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, radioelektronika, stanoksozlik, vagonsozlik, toʻqimachilik va poyabzal sa-noatlari uchun mashinalar i.ch. Shunin-gdek, toʻqimachilik va koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Kimyo, rezina, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Asosiy sanoat markazi va dengiz porti — Boston sh. Q.x. shaharlarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga: sut chorvachiligi va parrandachilikka, sabzavot va polizchilikka ixtisoslashgan. Baliq ovlanadi. M.da Garvard va Klark un-tlariuniversitetlari, texnologiya instituti bor. Turizm rivojlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->