Mavritaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 32:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Boshlangich taʼlim majburiy hisoblanadi, biroq bolalarning oz qismi maktabga qatnaydi. M.da 1214 boshlangʻich va 51 oʻrta maktab bor. Oʻqish muddati: boshlangʻich maktabda 6 y., oʻrta maktabda ham 6 y. Boshlangʻich maktablarda darc arab tilida, oʻrta va oliy maktablarda fransuz tilida olib boriladi; boshlangʻich maktablarda fransuz tili ham oʻrgatiladi. Oliy oʻquv yurtlari: Nuakshotda un-tuniversitet (1983), Ped. instituti (1971), Oliy maʼmuriy maktab. Butilimit sh.da Oliy islom tadqiqot instituti (1961) bor. Yoshlarning aksariyati Fransiya, Senegal va b. mamlakatlarning untlariga borib oʻqiydi. M.da konchilik sanoati i.t. markazi, sabzavotchilik i.t. instituti, bir necha q.x. tajriba st-yasi, Ped. hujjatlashtirish markazi (1962) bor. Nuakshotda Milliy kutubxona (1961), Milliy arxiv (kutubxonasi b-n, 1955) va Markaziy ommaviy kutubxona mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M. da chiqadigan asosiy nashrlar: "Ash-shaab" ("Xalq", 1975 y.dan, arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik hukumat gaz.), "Pyopl" ("Xalq", fransuz va arab tillarida yiliga 6 marta chiqadigan gaz.), "Jurnal ofisyel" ("Rasmiy gaz.", fransuz tilida haftasiga 2 marta chiqadigan hukumat xabarnomasi). M. radioeshittirish va telekoʻrsatuv xizmatiga 1958 y.da asos solingan; arab, fransuz va mahalliy tillarda eshittirish va koʻrsatuvlar olib boradi. M. axborot agentligi 1975 y.da tuzilgan boʻlib, 1990 y.gacha M. matbuot agentligi deb atalgan; u hukumat nazoratida.