Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 59:
lar boshida M. "ochiq eshik" siyosatini faol utkaza boshladi, boshqa mamlakatlar, chunonchi Yaponiya, AQSH, Germaniya, Jach. Koreya, Singapur, Gonkong va b. bilan munosabatlar rivojlandi. Ekspor-tda chorvachilik, konchilik, yengil va oziqovqat sanoati mahsulotlari mu-him urin tutadi. Chetdan mashina-uskunalar, neft mahsulotlari, qora metallar, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari harid qiladi. Tashqi savdodagi mijozlari: MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya. Pul birligi — to'g'rik.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. 2000 y.da 660 umumiy taʼlim maktabida 381 ming bola, 47 oliy oʻquv yurti, jumladan, 27 ta davlat unti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyicha bakalavr, 32 ixtisoslik boʻyicha magistr unvonini olish uchun 26265 talaba taʼlim oldi. Ulan-Bator sh.da Mongoliya FA ish olib boradi. M.da bir qancha i.t. muassasalari ham mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiriklari: Davlat xalq kutubxonasi, FA va un-tuniversitet kutubxonalari. Muzeylari: Davlat markaziy muzeyi, Nafis sanʼat muzeyi, Din tarixi muzeyi va b.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Asosiylari: "Unen-uu?" ("Haqiqatmi?", haftada Z marta chiqadigan gaz., 1920 y.dan; 1996 y. urtalarigacha "Unen" nomi bilan nashr etilgan; 1996 y. sent.dan hoz. nomda), "Zalgamjlagch" ("Oʻrinbosar", 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1926 y.dan), "Xudulmur" ("Mehnat", haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1928 y.dan), "Xumuun" ("Inson", gaz., 1990 y.dan), "Ardin tur" ("Xalq hokimiyati", yiliga 4 marta chiqadigan jur., 1950 y.dan), "Mongolii duu xooloy" ("Mongoliya ovozi", gaz., 1992 y.dan), "Mongolii xudoo" ("Mongol qishlogʻi", haftalik gaz., 1970 y.dan), "Ardchilal tayme" ("Demokratiya vaqti", gaz., 1993 y.dan), "Yertons" ("Koinot" gaz., 1990 y.dan), "Sog" ("Mashʼala", 2 oyda bir marta chiqadigan jur., 1994 y.dan). Mongol telegraf agentligi (MONSAME), qukumat agentligi, 1921 y.da tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992 y.da tashkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992 y.da asos solingan. Mongol radioasi 1934 y.da, Mongol telekoʻrsatuvi 1967 y.da tashkil etilgan.
Qator 73:
lar) sh. kavlanganda budda ibodatxonasi va pagodalari qoldiqlari, maʼbuda va hayvonlarning loydan ishlangan haykalchalari, oʻyma yogʻoch bezaklar va meʼmoriy boʻlaklar chiqqan. 16-a.dan 20a. boshlarigacha shahar va qishloqlardagi asosiy turar joylar yogʻoch sinchli, surma panjara devorli, eshikli oʻtovlardan iborat boʻlgan. Monastir va ibodatxonalar koʻplab qurilgan.
 
20-a.ning 20-y.laridan eski shaharlar (Ulan-Bator) qayta qurilib, yangi shaharlar (Darxan, Nalayxa, SaynShand) barpo etildi. Binolar kurishda 20— 30-y.larda konstruktivizm taʼsiri koʻrindi. 40—50-y.larda binolarning old tomonlari hashamli — kolonnali, milliy bezakli qilib ishlandi (Ulan-Batordagi un-tuniversitet). 50-y.larning oʻrtalaridan boshlab iqlim hisobga olingan holda binolarni keng va qulay qilib qurishga ahamiyat berildi. 60—90y.larda qurilishda industrial va yigʻma uysozlik usullaridan keng foydalanildi. Keyingi davrlarda metallsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik kabi anʼanaviy tarmoqlar bilan bir qatorda chinni pishirish, kulolchilik, gilamchilik, suyak oʻymakorligi rivoj topa boshladi.
 
Musiqasi qad. anʼanalarga boy. Qoʻshiqchi, sozanda, xalq dostonlarini kuylovchi baxshilar azaliy xalq ijodiy merosini saqlab qolganlar. Qahramonlar haqidagi rivoyatlarni qoʻshiq qilib aytish qadimdan odat boʻlgan. Xalq aytishuvlari (ikki xonanda basmabas aytadigan qoʻshiqlar) ayniqsa keng ommalashgan. M.da tomoqdan ikki xil tovush chiqarib qoʻshiq aytishning oʻziga xos usuli ham urf boʻlgan. Ishqiy, maishiy, inqilobiy, tarixiy, diniy qoʻshiqlar, safarga chiqqanda aytiladigan va hazil-mutoyiba qoʻshiklari koʻp. Xalq cholgʻu asboblari: limba (nayning bir turi), morinxur va xuchir (torli kamoncha), shanz (chertib chalinadigan asbob), yoochin (changning bir turi) va b.