Niger: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 45:
N.da 3500 ga yaqin oʻrinli 300 dan ortiq davolash muas-sasasi, 140 vrach xizmat koʻrsatadi. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy ishlar va-zirligi sogʻliqni saklashning marka-ziy organi hisoblanadi.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va il-miy muassasalari. Mamlakat aholisining 90% savodsiz. Maktab yoshidagi bolalarning 21% oʻqishga jalb etilgan. N. maorif tizimi fransuz tizimi taʼsirida tashkil topdi. 6—7 yoshdan boshlab bolalar boshlangʻich maktabda 6 y. oʻqiydi. Oʻrta maktab — 7 y.lik. Davlatga qarashli boshlangʻich maktablardan tashqari xususiy maktablar ham bor. Oʻqituvchilar normal (ped.) bi-lim yurtlarida 4 y. mobaynida tayyorlanadi, 4 y.lik va 1 y.lik ped. kurslari ham bor. Maradidagi texnika li-seyi, Agadesdagi konchilik bilim yurti hunar-texnika taʼlimi beradi. Zinderda feldsher va sanitarlar tayyorlovchi milliy maktab, Niameyda so-gʻliqni saklash maktabi, fuqaro avia-siyasi va meteorologiya maktabi bor. Oliy oʻquv yurtlari: Niamey un-tiuniversiteti, milliy maʼmuriy kollej. Un-t huzu-rida Mat. tadqiqot in-ti, Ijtimoiy fanlar tadqiqot markazi, Geol. tad-qiqotlari byurosi ishlaydi. Bundan ta-shqari, Afrika Birligi Tashkilotining tilshunoslik, tarix va ogʻzaki anʼanalar tadqiqot markazi, agronomiya tadqiqotlari milliy in-ti, veterinariya lab. va b. mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N.da nashr etiladigan gaz. va jur.lar: "Saxel" (fransuz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1960 y.dan), "Saxel ebdo" (fransuz tilida chiqadigan hukumat haftanomasi, 1961 y.dan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Nijer" ("Niger Respublikasining rasmiy gazetasi", fransuz tilida 2 haftada bir marta chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1933 y.dan), "Nijerama" (har chorakda chiqadigan jur.). N. matbuot agentligi milliy ax-borot agentligi boʻlib, 1987 y.da tashkil etilgan. "Saxel ovozi" radio st-yasi hamda N. radioeshittirish va tele-koʻrsatuv hukumat xizmati mavjud.