Nigeriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 68:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
N. mustaqillikka erishganidan keyin maorifni rivojlantirishga eʼtibor berila boshladi. Katta yoshdagi aholi savodsizligini tugatish maqsadida qisqa muddatlikurslar ochildi. 1976 y.da 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 6 y.lik boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻqish mahalliy va ingliz tillarida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot 5 y.lik. Xususiy oʻrta maktablar ham bor. 2—5 y.lik hunar-texnika maktablarida malakali ishchilar, 4 y.lik politexnikum va texnologiya kollejlarida esa oʻrta texnik xodimlar tayyorlanadi. 29 un-tuniversitet bor. Zariya, Lagos, Ibadan, Ife, Nsuk-ka un-tlariuniversitetlari eng yirik oliy oʻquv yurtlari hisoblanadi. Oʻkish — bepul. Koʻpgina un-tlarninguniversitetlarning sirtqi boʻlimlari bor. N. pedagogika tadqiqotlari kengashi, untlarning pedagogika f-tlari, in-tlari va tadqiqot markazlari, oshirilgan darajadagi baʼzi ped. kollejlari maorif va ped. fanlari soxasida i. t. ishlari bilan shugʻullanadi.
 
Ilmiy muassasalari: Lagosdagi N. fanlar akademiyasi (1977 y.da tashkil etilgan), Tibbiyot i. t. kengashi (1974), Milliy okeanografiya va dengiz tadqiqotlari in-ti (1975), Ibadandagi N. ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar inti (1950), Federal oʻrmonchilik markazi (1954), Tropik oʻsimliklar baynalmilal in-ti (1975), Oshodidagi Federal sanoat tadqiqotlari in-ti (1955), Beninsitidagi palma yogʻi in-ti (1939), Moordagi Federal q. x. tadqiqotlari markazi (1910), Vomdagi Federal veterinariya markazi (1924), Samarudagi q.x. tadqiqotlari inti (1924) va b.
 
Yirik kutubxonalari: Ibadan, Lagos un-tlarininguniversitetlarining kutubxonalari, Ife, Lagos, Beninsiti, Jos, Ilorin va b. shaharlardagi kutubxonalar, N. Milliy kutubxonasi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N. matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan koʻproq gaz. va 10 haf-tanoma nashr etiladi.Koʻp nusxada chiqadigan eng nufuzli gaz.lar: "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1982 y.dan), "Deyli sketch" ("Kundalik bayon" ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964 y.dan), "Deyli tayme" ("Kunduzgi vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1925 y.dan), "Iroxin yoruba ("Yoruba xalqi yangiliklari", yoruba tilida chiqadigan gaz., 1945 y.dan), "Nayjirian observer" ("Nigeriya kuzatuvchisi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1968 y.dan), "Nayjirian tribyun" ("Nigeriya minbari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1949 y.dan), "Neshnl konkord" ("Milliy totuvlik", kundalikgaz., 1980 y.dan), "Nyu nayjirian" ("Yangi nigeriyalik", ingliz tilida chikadigan kundalik hukumat gaz., 1965 y.dan). N. axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978 y.da tashkil etilgan. Hukumatga qarashli N. federal radiokorporatsiyasi 1978 y.da tuzilgan. N. telekoʻrsatuv xizmatiga 1976 y.da hukumat tomonidan asos solingan. 8 shtatda shtat hukumatlari qaramogʻidagi radio va telemarkazlar bor.
Qator 82:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Xalq meʼmorligi tabiiy iklim sharoitiga moslashgan. Jan., jan.-sharq, jan.-gʻarbdagi tropik oʻrmonlarda uylar toʻgʻri toʻrtburchakli shaklda yogʻoch, loy, toʻqima novdadan quriladi, tomi ikki nishabli qilib, poxol va palma barglari bilan yopiladi. Markaziy N.da binolar aylana shaklida devori loydan, tomi poxol, shox-shabbadan konus shaklida ishlanadi. Savanna va chala choʻllarda uylar loydan toʻgʻri burchakli qilib, tomi yassi qilib quriladi. 13— 15-a.larda shaharlar reja asosida qurildi. 14-a.da shim.da islom dini tarqalgach, masjidlar barggo qilindi. 2-jahon urushidan keyin Yevropa meʼmorligining taʼsiri kuchaydi. Binolar haykal, naqshlar bilan koʻproq bezatiddi. N. mustaqillikka erishgach, beton va metalldan qurilgan imoratlar quyosh toʻsqichli, peshayvonli va pan-jarali qilib milliy uslubda qurila boshladi (Ibadan un-tiuniversiteti binolari, Ka-dunadagi Oliy sud binosi va b.). Mu-handis va meʼmorlar Yevropada, shunin-gdek, Lagosdagi texnologiya kollejining , Nsukka va Zariya un-tlarininguniversitetlarining meʼmorlik f-tlarida tayyorlanadi.
 
N. shim.da topilgan Nok madaniyati mahsuli boʻlgan goʻzal haykaltaroshlik va oʻymakorlik asarlari mil. av. 1-ming yillikka mansub deb hisoblanadi. Mil. boshlarida Ife va Benin sanʼatining ilk namunalari — sopol va bronza haykallar ishlangani maʼlum. N. xalqlari yogʻochdan sanamlar, ajdodlar, cha-vandozlar, bolali ayollar haykalchalarini qadimdan yasab kelganlar. N.da yangi tasviriy sanʼatni rivojlantirishda A. Onabolu, O. Idax, F. Idexen, F. Idubor, B. Envonvu kabi haykalta-rosh va rassomlar salmoqli xizmat qildi, ularning asarlarida mahalliy anʼanalar davom ettirilgani va zamonaviy Yevropa sanʼati yutuqlari ijo-diy oʻzlashtirilgani koʻzga tashlanadi. Rassomlar orasida D. Nvoko, Yu. Gril-lo, J. Akolo, A. Ekong , A. Lasekan va b. shuhrat qozongan.