Oliy taʼlim: Versiyalar orasidagi farq

k
un-t → universitet
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (un-t → universitet)
Oʻzbekistonning mahalliy aholisiga hoz. tushunchadagi O.t. Oʻrta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918 y. 12 mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalk, dorilfununida berila boshlangan. Shoʻrolar davrida O.t. tarmogʻi bir qadar kengaygan boʻlsada, maqalliy aholidan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash us-tuvor mavqeda boʻlmagan.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin O.t. tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, O.t. oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar O.t. oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan OʻzRda dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipoʻquv yur-tlari ham bor. Oʻzbekistonda O.t. davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda un-tuniversitet O.t.i ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini beradi.
 
O.t. rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda oʻrganilishi majburiy va ix-tiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oʻqitilish tartibi, mikdori, vaqti, nazariy va amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat, nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va i.ch. amaliyotlari, reyting davri, taʼtil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoklash muddati asosiy pedago-gik hujjat — oʻquv rejasida belgilab beriladi. Oʻquv rejasida oʻrganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va taʼlimning qoʻshimcha turlari singari qismlarga boʻlinadi. Oʻquv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ koʻrinishlarida olib borilishi koʻzda tutilgan.
516 159

ta tahrir