Paragvay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 35:
Sanoati zaif. Yetakchi tarmoklari: q.x. xom ashyosini qayta ishlash, oziqovqat sanoati (kushxonalar), yogʻochsozlik, toʻqimachilik, koʻn-poyab-zal, oshlovchi kebracho ekstrakti, sement i.ch. va b. Neftni qayta ishlash, oʻsimlik moylari, kand-shakar i.ch. korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 2,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qili-nadi. Tuz va ohaktosh qazib olinadi. Xorijiy kompaniyalar yordamida neft va uran konlari oʻrganila boshladi. Mamlakat tashqi savdo yuklarining deyarli hammasi Parana va Paragvay daryolari orqali tashiladi. Eng katta porti — Asunson. T. y. uzunligi — 1,5 ming km ga yaqin, avtomobil yoʻllari uz. 25,7 ming km. P. chetga goʻsht va goʻsht mahsulotlari, paxta, neft va neft ekstrakti, yogʻoch, tung moyi va b. chiqa-radi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari va b. oladi. Braziliya, Argentina, Germaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — guarani.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Maorif tizimida boshlangʻich maktabning 3 y.lik, 5 y.lik, 6 y.lik turlari bor. Oʻrta mak-tab (oʻqish muddati 6 y.) ikkita 3 y.lik bosqichdan iborat. Hunar-texnika oʻquv yurtlari boshlangʻich maktab va 1-bos-qich oʻrta maktab negizida ishlaydi. P.da 21 oliy oʻquv yurti bor, yiriklari: Asunsondagi Milliy un-tuniversitet (1890 y. asos solingan), "Nuestra Senora de la Asunson" katolik un-tiuniversiteti (1960). Davlat ilmiy muassasalari: Atom energiyasi milliy komissiyasi (1965), Botanika bogʻi (1914), Harbiy geografiya instituti (topografiya haritalari), Guarani tili madaniyati akademiyasi (1975); xususiy ilmiy muassasalari: P. ilmiy jamiyati (1921), P. pediatriya va bolalar gigiyenasi instituti (1928), P. tarixiy tadqiqot instituti (1937) va b. Asunsonda Milliy kutubxona, Nafis sanʼat va kad. yodgorliklar milliy mu-zeyi, Tabiiy tarix va etn. muzeyi bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va te-lekoʻrsatuvi. P.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: "A Be Se kolor" (kundalik gaz., 1967 y.dan), "Adelan-te!" ("Olgʻa!", oylik gaz., 1942 y.dan), "Voye de trabaxo" ("Mehnat sasi", 2 qaftada 1 marta chikadigan jur.), "Dia" ("Kun", kundalik gaz.), "Notisias" ("Yangiliklar", 1844 y.dan), "Patria" ("Vatan", kundalik gaz., 1946 y.dan), "Perspektivas" ("Istiqbollar", jur., 1986 y.dan), "Popular" ("Xalq gazetasi", kundalik gaz.), "Progreso" ("Taraqqiyot"), "Pueblo" ("Xalq", haftanoma, 1964 y.dan), "Ultima ora"("Soʻnggi soat", kundalik kechki gaz., 1977 y.dan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Radio va televideniye kanallari tijorat asosida ishlaydi.