Psixologiya — versiyalar orasidagi farq

k
un-t → universitet
k (in-t → institut)
k (un-t → universitet)
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar P. rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-a.gakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, P. A. Golbax, D. Didro P.da bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. P. 19-a.ning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879 y. dastlabki eksperi-mental lab.ni jihozlashga erishdi.
 
P. taraqqiyotida umuman 19-a.dagi ek-sperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmu-asi qoʻllana boshlandi: kuzatish, lab. eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. 19-a. oxiri —20-a. boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. P.ningrivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. P. Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental lab. (Qozon, 1885), Harkov un-tiuniversiteti va N. N. Langening Odessadagi lab., G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsa-kovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimen-tal lab. lari P. taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912 y. Moskva un-tidauniversitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psi-xologiyasi inti tashkil qilindi. 20-a. ning 1yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, P. P. Blonskiy va b. dialekti-kaga asoslangan ilmiy P.ni yaratishga kirishdilar.
 
Hoz. zamon P.si koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy P., aviatsiya P.si, harbiy P., differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq P.si, tibbiyot P.si, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat P.si, sport P.si, max-sus P., ijodiyot P.si, menejment P.si, marketing P.si, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy P., din P.si, oila P.si, P. tarixi, genetik P., amaliy P., eksperimen-tal P., kasb P.si, psixolingvistika, siyosiy P. va b. P.ning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. P. sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va b. tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. P. erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonavyy P.da elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. P.daoʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qila-dilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obʼyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyek-tiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida i. t. insti-tutlari va markazlarida, un-tlardauniversitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.
 
Oʻzbekistonda P. 1928 y.dan eʼtiboran hoz. Milliy un-tdauniversitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929 y. Xalq maorifi komissarligi qoshida P. labo-ratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida P.ning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-a.ning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi. Hoz. davrda P. fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar P.ning umumiy P., pedagogik va yosh P.si, ijtimoiy P. sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona un-tiuniversiteti, Qarshi un-tiuniversiteti, Termiz un-tiuniversiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda.
 
== Adabiyot ==
516 159

ta tahrir