Qorachoy-Cherkasiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 23:
Tibbiy xizmati. Q.-Ch.da har 10 ming aholiga 34 vrach toʻgʻri keladi. 10 dan ortiq sanatoriy-kurort va dam olish muassasasi bor (Teberda, Arxiz, Dom-bay iklimiy kurortlari va b.).
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Maorifi RFda qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan. 180 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 72 ming , 6 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 4,5 ming oʻquv-chi, 2 oliy oʻquv yurti (pedagogika un-tiuniversiteti, texnologiya inti)da 4,9 ming talaba taʼlim oladi. Iqtisodiyot, tarix, til va adabiyot i.t. instituti, 170 kutubxona bor.
 
Adabiyoti. Q.-Ch.ning tub aholisi (qorachoy, cherkas, abazin va noʻgʻoylar) adabiyoti 20-a.ning 20-y.larida shakllandi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida oʻz yozuvini yaratish va ona tilida maktab darsliklarini yaratishga urinishlar boʻlgan. 20-a.ning 20-y.larida qorachoy shoirlari I.Karaketov, A.Urtenov, D.Boyqulov, abazin yozuvchisi T.Tabulov, noʻgʻoy yozuvchisi X.Bulatukov ijod qildilar. 30-y.larda cherkas yozuvchilari X.Abukov, M.Dishekov romanlari, I.Amiro-kov, qorachoy yozuvchisi X.Appayev qis-salari, qorachoy shoirlari A.Botashe-va, D.Boyqulov, M.Urusov sheʼr va dostonlari, noʻgʻoy adibi X.Bulatu-kov pyesalari nashr etildi. Noʻgʻoy yozuvchisi F.Abduljalilov, cherkas adibi X.Gashokov, qorachoy shoirasi X. Bayramukova asarlari xalqning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashiga bagʻishlandi. 2-jahon urushidan keyin qorachoy yozuvchi va shoirlari O.Xubiyev, D.Kubanov, A.Suyunchev, N.Xubiyev, M.Batchayev, cherkas adiblari A.Oxtov, S. Xatuov, X. Xapsirokov, M.Axmetov, A.Xanfenov, abazin yozuvchilari X.Jirov, P.Se-kov, K.Jegutanov, B.Txaysuxov, M.Chikatuyev, D.Laguchev, noʻgʻoy adiblari F.Abduljalilov, S.Kapayev va b. samarali ijod qildilar.