Saudiya Arabistoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 48:
Tibbiy xizmati. Soʻnggi 30 y. ichida mamlakatda kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan keng qoʻlamli investitsiya dasturlarini amalga oshirish tufayli ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Ilgari aholi orasida koʻp uchraydigan sil, bezgak, teri va traxoma kasalliklari deyarli barham topdi. Mamlakatga har yili keladigan ziyoratchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Buning uchun Makkada 7 kasalxona, 40 tibbiy markaz, Minoda 4 kasalxona va 24 tibbiy markaz, Arofatda 3 kasalxona va 43 tibbiy markaz, Muzdalifada 6 tibbiy markaz, Madinada 8 kasalxona va 48 tibbiy markaz mavjud. S.A. da 42625 oʻrinli 290 kasalxona bor. Tibbiy markaz va dispanserlar soni 4000 dan oshadi. 2000 y. 30 544 vrach, 61 214 hamshira va 31977 texnik assistent ishladi. Vrachlarning 17% S.A. fuqarolari, qolganlari misrlik, pokistonlik, malayziyalik va b. mutaxassislardir. Eng chekka viloyatlardagi bemorlarni markaziy ixtisoslashgan kasalxonalarga tezkorlik bilan keltirish maqsadida 22 samolyotdan iborat havo ambulatoriyasi mavjud. S.A. Qizil Yarim Oy jamiyatining 154 markazi va 500 Kuchma ambulatoriyasi, 27000 xizmatchisi ham aholiga favqulodda yordam koʻrsatadi. Mamlakat va chet el fuqarolari uchun tibbiy xizmat bepul.
 
Maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 1926 y. boshlangʻich majburiy taʼlim va dunyoviy maktablar ochish, 1960 y. qizlarni majburiy taʼlimga jalb etish qaqida qonunlar qabul qilingan. Taʼlim tizimi davlat qaramogʻida boʻlib, mamlakat fuqarolari va chet elliklar uchun ham bepul. Maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 y.lik, oʻrta maktab 2 bosqichli boʻlib, toʻliqsiz oʻrta (3 y.) va toʻliq oʻrta (3 y.) maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida hunartexnika maktablari (4 y.lik), toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari (2 y.lik) ishlaydi. Maktablarda oʻgʻil bolalar va kizlar alohidaalohida oʻqitiladi. S.A.da oʻgʻil bolalar uchun 11191 va qiz bolalar uchun 11441 maktab boʻlib, ularda4,15 mln. bola oʻqiydi, 292 ming oʻqituvchi ishlaydi. Har bir oʻqituvchiga 15 oʻquvchi toʻgʻri keladi. Bu — dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda xususiy taʼlim muassasalari ham mavjud. Mamlakatda bir qancha oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: ArRiyoddagi podshoh Saud un-tiuniversiteti (1957), Jiddadagi Abdul Aziz un-tiuniversiteti (1967), Madinadagi I slom tadqiqotlari un-tiuniversiteti (1961), ArRiyoddagi Imom Muhammad ibn Saud islom un-tiuniversiteti (1974), Sharqiy vshgoyatdagi podshoh Faysal un-tiuniversiteti (1974), Makkadagi Umm alKura un-tiuniversiteti (1981), Dahrondagi podshoh Faxd nomidagi neft va minerallar un-tiuniversiteti (1963), ArRiyoddagi Oliy texnologiya inti va Texnika inti. Oliy taʼlim beradigan un-tuniversitet, institut va kollejlarda 297 830 talaba taʼlim oladi.
 
Yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona (1968), Saud kutubxonasi, ArRiyod un-tiuniversiteti kutubxonasi, Mahmudiya kutubxonasi, Orif Hikmat kutubxonasi, Madina un-tiuniversiteti kutubxonasi. S.A. da 153 madaniy markaz, madaniyat va sanʼat jamiyati, adabiyot klublari faoliyat koʻrsatadi. 12 ta muzey bor. Ularning eng yiriklari: ArRiyoddagi arxeologiya va xalq merosi milliy muzeyi, AlMasmak kalʼasi muzeyi, Dammamdagi Mintaqaviy muzey va b.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. S.A. da 100 dan ortiq kundalik gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari arab tilida: "AlBilad" ("Mamlakat", kundalik gaz., 1934 y.dan), "AnNadva" ("Klub", kundalik gaz., 1958 y.dan), "AlMadinaAlMunavvara" (kundalik gaz., 1937 y.dan), "ArRiyod" (kundalik gaz., 1964 y.dan), "AlJazira" ("Orol", kundalik gaz.), "AshSharqalAusat" ("Yaqin Sharq", gaz., 1978 y.dan); ingliz tilida: "Arab Nyus" ("Arab yangiliklari", kundalik gaz., 1975 y.dan). Eng yirik va nufuzli nashriyot "AlYamama" hisoblanadi. Radioeshittirish 1948 y.dan boshlangan, 23 davlat radiostyasi mavjud. Eshittirishlar 4 kanal orkali arab va ingliz tillarida, chet ellarga fransuz, turk, urdu, bengal, fors, oʻzbek, suaxili va indonez tillarida uzatiladi. S.A. da milliy telekoʻrsatuv faoliyati 1965 y.dan boshlangan.
Qator 80:
Oʻzbekistonda S.A. ishtirokidagi 14 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 10 tasi qoʻshma korxona, 4 tasi 100% S.A. sarmoyasidagi korxonalardir.
 
Ikki davlat oʻrtasida taʼlim va din sohalarida ham hamkorlik rivojlangan. 1997 y. S.A. oliy taʼlim vaziri Xalid alAnqariy Oʻzbekistonga S.A. ning bir necha un-tlariuniversitetlari rektorlaridan iborat delegatsiya bilan tashrif buyurdi. Mustaqillik davrida respublikamizning 45 mingdan ortiq fuqarosi haj, 35 mingdan ziyod fuqarosi umra safarlarida boʻldilar (2004). Nosir Orifxoʻjayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==