Saxa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 23:
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 1990y.
 
lar oxirida S.da 5187 vrach aholiga tibbiy xizmat koʻrsatdi. S. sil kasalliklari i.t. instituti bor. 711 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 198 ming , 20 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 10,8 ming oʻquvchi, 2 oliy oʻquv yurti — S. davlat un-tiuniversiteti va Q.x. akademiyasida 8,1 ming talaba taʼlim oldi. Rossiya FA Sibir boʻlimining Ilmiy markazi tarix, til va adabiyot, biologiya, Shim. fizikatexnika muammolari, Shim. konchiligi intlarini birlashtiradi. Rossiyadagi yagona muzloqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti shu yerda joylashgan. 10 sanatoriykurort muassasasi bor. Telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar saxa va rus tillarida olib boriladi. Yakutskda telemarkaz ishlaydi.
 
Adabiyoti saxa xalqining qaxramonlik eposi — olonxo (dostonlar turkumi), ertak va koʻshiklar, tarixiy rivoyatlardan boshlanadi. Ularda saxalarning 8—9-a.lardagi hayoti, boshqa turkiy xalqlar bilan qoʻshnichiligi, dushmanga qarshi kurashi aks etgan. Saxa yozma adabiyoti 20-a. boshlarida paydo boʻldi. A.Kulakovskiy, A.Sofronov, N.Neustroyev asarlarida saxa xalqining uqubatli hayoti, ogʻir mehnati tasvirlangan. 20y.larda dastlabki zamonaviy doston va qissalar bosilib chikdi, hikoyanavislik rivojlandi (P.Oyunskiy, N.Neustroyev, A.IvanovKyunde va b.). 30y.
Qator 31:
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Saxalarning qad. turar joylari toʻgʻri burchakli rejadagi yogʻoch oʻtovlar va "buorjiye" deb atalgan bostirmalardan iborat boʻlgan. Yozda sinchdan tiklanib, tomi qayin poʻstlogʻi bilan yopilgan "urasa" (chayla)da yashaganlar. 19-a.dan yogʻoch devorli uy (izba)lar urf boʻldi. 17-a.
 
da tik qadalgan uchli xodalardan qalʼa (ostrog)lar kurildi. Keyinchalik ular oʻrnida Yakutsk, Vilyuysk, Olyokminsk, Verxoyansk, Srednekolimsk sh.lari paydo boʻlib, 18-a.da gʻishtli binolar kurila boshladi. 19—20-a.larda S. yer osti boyliklari oʻzlashtirilishi munosabati bilan Aldan, Lenek, Mirniy, Neryungri shlari qad. koʻtardi, ulardagi bino va inshootlar yirik blok, panel va pishik, gʻishtdan quriddi. 20-a.ning 2-yarmida Yakutskda Rus drama teatri (1957, meʼmori I. Bondarev), aerovokzal (1963, meʼmori N. Suxanov), un-tuniversitet (1967, meʼmori I.Bondarev) va b. kurildi.
 
S. xududida neolit, jez va ilk temir davrlariga oid sopol idishlar, bugʻu shoxidan yasalgan badiiy buyumlar, qoyalarga ishlangan ov manzaralari topilgan. Xalq ijodkorligining har xil turlari (yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik, zargarlik, mamont suyagi va morj tishidan badiiy buyum hamda haykalchalar, moʻynadan naqshli kiyim va gilam yasash kabilar) bilan qadimdan shugʻullanib kelingan. Keyingi davrda professional tasviriy sanʼat rivojlana boshladi. 20-a.ning 30y.larida rassomlardan N.Nosov, I.Popov, V.Kandinskiy, P. Romanov, haykaltarosh P. Dobrinin, 50—80y.larda rang-tasvirchilardan L.Kim, L.Gabishev, F.Pavlov, A.Osipov, grafiklardan V.Vasilyev, L.Neofitov, haykaltaroshlardan S.Yegorov, K.Pshennikov, K. Gerasimov, TAmmosov va b. ijod qildi. Amaliy bezak sanʼati turlari qayta tiklandi.