516 159
ta tahrir
DastyorBot (munozara | hissa) k (in-t → institut) |
DastyorBot (munozara | hissa) k (un-t → universitet) |
||
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
S.da 8 yillik maktab taʼlimning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Toʻliq oʻrta maʼlumotni gimnaziya beradi. Malakali ishchilar tayyorlaydigan maktablar, q.x., texnika va b. sohalarga ixtisoslashgan maktablar bor. 26 oliy oʻquv yurti mavjud. Yiriklari: Lyublyana
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz.lari: "Delo" ("Ish", mustaqil kundalik gaz., 1959 y.dan), "Drujina" ("Oila", haftanoma, 1952 y.dan), "In" ("Sloveniyadan xabarlar", ingliz va sloven tillarida chiqadigan haftanoma), "Mladina" ("Yoshlar", haftanoma, 1942 y.dan), "Slovenets" ("Sloveniyalik", kundalik gaz., 1991 y.dan), "Slovenske novitse" ("Sloveniya yangiliklari", kundalik gaz., 1991 y.dan), "Vecher" ("Oqshom", kundalik gaz., 1945 y.dan). S. telegraf agentligi (STA) S. Respublikasi axborot agentligi boʻlib, 1991 y. asos solingan. S. Radio va televideniyesi faoliyat koʻrsatadi; radioeshittirish 1928 y.dan, telekoʻrsatuv 1958 y.dan boshlangan. 3 davlat radio dasturi va 2 davlat telekanali mavjud. Eshittirish va koʻrsatuvlar sloven, venger, italyan tillarida olib boriladi.
Koʻpgina xalq kuylariga nemisavstriya hamda venger xalq musiqa anʼanalarining yaqinligi xos. S.da mavsum, marosim (koledalar), tarixiy, qahramonlik, sevgi, hazil qoʻshiqlari mavjud. Koʻp ovozli kuylash keng tarqalgan. Xalq cholgʻu asboblardan lab garmonikasi, skripka, klarnet va b. mavjud. Professional musika sanʼati monastirlarda (12-a.dan) hamda cherkovlar huzuridagi ashula maktablari (13-a.
dan)da rivoj topdi. Ilk kompozitorlar orasida Ya. Gallus (diniy va dunyoviy koʻp ovozli asarlar yaratgan) alohida ajralib turadi. 17-a. kompozitorlaridan vokal va cholgʻu asarlar mualliflari G. Plavets (Plauts), Ya. B. Dolar, I. Posh (Poxius) barakali ijod qildilar. 18-a.da Lyublyanada Filarmoniya akademiyasi tashkil etildi. Ya. Zupan, Ya. Novak dastlabki operalarni yozdilar. 1892 y. Lyublyanada S. teatri ochildi, 1919 y. konservatoriya (1939 y.dan Musika akademiyasi), 1934 y. Musika tarixi inti, 1939 y.da filarmoniya ish boshladi. 20-a.ning 2-yarmida S. radio va televideniyesi huzurida xor va estrada orkestri, Lyublyana
|