Igor Stravinskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 1:
'''Stravinskiy Igor Fyodorovich''' [1882.5 (17).6, hoz. Lomonosov — 1971.6.4, NyuYork, Venetsiyada dafn etilgan] — rus kompozitori, pianinochi va dirijyor. Atoqli xonanda Fyodor Stravinskiy (1843—1902)ning oʻgʻli. 20a. musiqasining islohotchilaridan. Peterburg un-tiuniversiteti (1900—05)da va musiqadan N.RimskiyKorsakov (1903—05)da tahsil koʻrgan. 1914 y.dan Yevropa, 1939 y.dan AQShda yashagan. Deyarli 65 yillik ijodiy faoliyati davomida rus musiqasi anʼanalariga tayangan. Shuningdek, musiqiy impressionizm ("Qaqnus" baleti), moziy rus folklori ("Petrushka", "Muqaddas bahor" baletlari), neoklassitsizm ("Pulchinella" baleti, "Shoh Edip" operaoratoriyasi va b.), jaz musiqasi ("Regtaym", "Obnus konserti"), diniy musiqa ("Psalmlar simfoniyasi", "Trenlar", "Rekviyem", "Motam kanonlari"), dodekafoniya ("Dilan Tomas xotirasiga", "Agon", "Jon Kennedi elegiyasi" va b.) kabi uslublarga oʻziga xos tarzda murojaat kilgan. S. asarlari boy fantaziyasi, kuylari, ritmikasi, orkestrlash usullarining originalligi, shaklan rang-barangligi bilan qimmatlidir. S.ning ijodiy merosi va konsert faoliyati zamonaviy musiqa rivojiga katta taʼsir koʻrsatmoqda. S. 20 a.da "Hyp — Sharqdandir!" degan daʼvatni takrorlab, Sharq mavzulariga murojaat etgan. Oʻzbekistonda uning qator kamercholgʻu va simfonik (2 simfoniyasi — premyera tarzida) asarlari, balet musiqasi muntazam ijro etilmoqda.
 
Toʻxtasin Gʻafurbekov.