Substansiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k un-t → universitet |
||
Qator 1:
'''Substansiya''' (lot. substantia — mohiyat) — narsa va hodisalarning mohiyatini, asosini ifodalovchi tushuncha. Odatda, materiya, modda soʻzining sinonimi sifatida qoʻllaniladi. S. falsafada xilmaxil olamning , obʼyektiv reallikning , tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri tarixini, inson bilimlarining natijalarini ham oʻziga qamrab oluvchi konkretlikning nazariy inʼikosi, bilish nazariyasining asosiy tushunchasi sifatida talqin etiladi. Bunday universal mohiyat muayyan narsa, hodisalar va ularning oʻzaro aloqadorliklari orqali namoyon boʻladi. Yunon faylasuflari S. deb narsalarning doimiy, tub va oʻzgarmas xususiyatini, asl mohiyatini anglashgan,
Sharq falsafasida Forobiy Sni eng umumiylik sifatida tushuntirgan. Ibn Sino Sni "substansional umumiylik va aksidental umumiylik"ning oʻzaro munosabati doirasida talqin etib, ularning birbiri bilan bogʻlanganligiga, biri ikkinchisisiz mavjud boʻla olmasligiga eʼtiborni qaratdi. Sni tushunishda ham materialistik, ham idealistik qarash bor. Materialistlar S. deb obʼyektiv reallikni, materiyani, idealistlar esa, xudoni, mutlaq gʻoyani, ruhni, umuman moddiy boʻlmagan asosni tushunadilar. Pozitivistlar Sni mavhum tushuncha sifatida taʼriflab, bu tushuncha tadqiqotchini chalgʻitib, uning fikrini yoʻq narsaga bogʻlab qoʻyadi, aslida odam xilmaxilliklar va ularning birliklaridan iborat, bunga esa moddiylik ham, maʼnaviylik ham kiradi deb hisoblashadi. Hoz. zamon tabiatshunosligi uchun S. faqat rasmiy tushuncha boʻlib, hodisalarni ifodalovchi degan maʼnoni bildiradi.
|