Patrick White: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 1:
UAYT (White) Patrik Viktor Martindeyl (1912.28.5, London — 1990, Avstraliya) — avstraliya yozuvchisi. Kembrij un-tiniuniversitetini tugatgan (1935). 1940—45 y.lar Britaniya aviatsiyasida xizmat qilgan. 1946 y. dan Avstraliyada yashagan. Birinchi romani — "Baxtli vodiy" (1939). Ikkinchi romani — "Tiriklar va oʻliklar" 2-jahon urushi yillari yaratilgan. Urushdan keyin "Abissiniyaga qaytish" va "Soxta dafn" pyesalarini yozgan. "Xolamning sarguzashti" romani AQShda yaxshi baholangan. Asar oʻz ichki dunyosiga berilib aqldan ozgan Gudmen ismli ayol haqida. "Inson shajarasi" (1955) romani erkak va ayolning oilaviy tarixi haqida boʻlib, yozuvchi oddiy kishilar hayoti misolida insoniy hayotning ulugʻvorligini aks ettirgan. U. "Tumor" (1966), "Vivisektor" (1970), "Boʻron koʻzi" (1973) kabi romanlar muallifi. Novellalar ham yozgan ("Kuyganlar" va b.). Soʻnggi asarlari: "Yaproqdan yasalgan belbogʻ" (1977), "Tuaynbernlar bilan boʻlgan chigal ish" (1979) romanlari, "Tom toʻsinidagi xudo" (1978) sheʼrlar toʻplami. Xilmaxil nutqiy qatlamlar va ohanglarning , poetik ramzlar va "ayovsiz" realizmning , koʻtarinki ruh va mubolagʻaning oʻzaro qoʻshilib ketishi U. uslubiga xos xususiyatdir. Nobel mukofoti laureati (1973).
 
{{stub}}