Oʻlmas Umarbekov: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k un-t → universitet |
||
Qator 1:
'''Umarbekov Oʻlmas''' (1934.25.1 Toshkent — 1994.10.11) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1984). Urta Osiyo
U. ijodida dramaturgiya muhim oʻrinni egallaydi. 70-y.larda oʻz isteʼdodini teatr sanʼati sohasida sinab, "Oqar suvlar" (1971), "Sud", "Yoshlik dengizi" (1972), "Komissiya" (1974) singari pyesalarni yozgan. U. 80 y.larda "Oʻz arizasiga koʻra", "Kuzning birinchi kuni", "Qiyomat qarz", "Assalom, quyosh" singari yetuk sahna asarlarini yaratdi. Ayniqsa, mashhur teatr artisti Sh.Burhonov ijrosidagi Sulaymon ota obrazi tufayli U. pyesasi asosida sahnalashtirilgan "Qiyomat qarz" spektakli tomoshabinlar oʻrtasida katta shuhrat qozondi. U. Hamza nomidagi teatr (x.03. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilgan bu va b. pyesalari bilan shu davr oʻzbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdi. U. "Qizimga maktublar" ("Mangu hayot boʻsagʻasida") deb nomlangan soʻnggi publitsistik asarida hayotga, oʻtkinchi umrga chuqur falsafiy nazar tashlovchi, oʻzining va oʻzgalarning hayotiy tajribasidan yuksak xulosalar chiqaruvchi yozuvchi darajasiga koʻtarilganini namoyish etgan. Umrining soʻnggi yillarida yozgan "Tuhmat" (1987), "Oqsoqol" (1991), "Oʻzing uchun oʻl yetim" (1992, tugallanmagan) dramalari ham eʼtiborga loyiq.
|