Kongo Demokratik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k f-t → fakultet
Qator 60:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1968 y.dan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich va oʻrta taʼlimning 1-pogʻonasi bepul. Darslar fransuz tilida; boshlangʻich maktabda mahalliy tillardan foydalaniladi. Boshlangʻich maktab — 6 y.lik, oʻrta maktab — 6 y.lik. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. K.da 19 davlat, 70 xususiy texnikum, 14 ped. bilim yurti boʻlib, ularda oʻqish muddati — 3—4 y. Oliy oʻquv yurtlari: Kinshasa universiteti (1954), Kisangani universiteti (1963), Lubumbashi universiteti (1955), Nafis sanʼat akademiyasi, Yangambidagi agronomiya fanlari instituti va Kinshasadagi ped. instituti, shuningdek, ayrim texnikumlarning 5 y. oʻqitiladigan baʼzi f-tlarifakultetlari ham oliy maʼlumot beradi. Ilmiy muassasalari: Kinshasada — Markaziy Afrika ilmiy tadqiqot instituti (1975), Tropik tibbiyot instituti (1899), Kongo geogr. instituti (1949), Atom energiyasi markaziy komissarligi (1959), geol. tadqiqotlari byurosi, Lubumbashida K. tarix jamiyati (1974) bor. Kutubxonalari: Kinshasa milliy universitetining markaziy kutubxonasi (1954), Lumumbashi universitetining kutubxonasi (1955), Kisangani universitetining kutubxonasi, Kinshasadagi xalq kutubxonasi (1932), Kinshasadagi arxiv (1949).
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da 50 dan ortiq gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muhimlari: "Boyoma" (kundalik gaz.), "Mjumbe" (kundalik gaz., 1963 y.dan), "Potansye" ("Imkoniyat", fransuz tilidagi kundalik gaz., 1982 y.dan), "Elima" (fransuz tilidagi kundalik gaz., 1928 y.dan) va b. K. matbuot agentligi hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1957 y. tashqil etilgan. Radio va televideniye hukumatga karashli. Yirik shaharlarda 9 radiost-ya va poytaxtda telest-ya bor.