Oliy oʻquv yurtlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k f-t → fakultet
Qator 7:
Mamlakatimiz hududidagi ilk oliy oʻquv yurti Abu Bakr Muhammad Narsha-xiyning "Buxoro tarixi" asarida ay-tib oʻtilgan 937 y.gi yonginda zarar koʻrgan Forjak madrasasi boʻlgan. Turkistondagi ilk O.oʻ.yu. 2 turga boʻlingan. Birinchi turi [[Madrasa]] deb atalgan va talabalarga ilohiy (nakdiy) va dunyoviy (aqliy) ilmlar berilib, kichikroq shaharlarda, tumanlarda faoliyat koʻrsatgan. Ikkinchi turdagi O.oʻ.yu.lari oliy madrasalar (madrasai aʼlo) deyilgan. Oliy madrasalarda darsxonalar ham, xujralar soni ham koʻp boʻlgan, bu yerdagi mudarrislar ilm axdi tomonidan tan olingan, talabalarga berila-digan vazifalar miqsori koʻproqboʻlgan. Oliy madrasalar siyosiy va ilmiy poytaxt hisoblanmish shaharlarda faoliyat koʻrsatgan. Ularga ajratilgan vaqf yerlar mikdori katta boʻlgan va ular shahardagi eng hashamatli binolarda joylashgan. Oliy madrasada berilgan sanad (diplom) musulmon olamining barcha joylarida inobatga oʻtgan. [[Madrasa]]lardagi talabalar oʻzlashtirish darajalariga qarab, taʼlimning quyi (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) bosqichlarini oʻtaganlar. Muayyan bosqichni sakkiz yilda oʻtay olmagan talaba va-zifadan mahrum qilingan. O.y.yu.ning bu tizimi to shoʻrolar boshqaruvi qaror topganga qadar davom etdi. 1929 y. ga kelib, Shoʻro hukumati O.oʻ.yu.ning [[Madrasa]] turini rasmiy ravishda taqiqlab quydi (yana q. [[Madrasa]]).
 
Oʻzbe[[kistonda zamonaviy maʼnodagi birinchi oliy oʻquv yurti Turkiston ASSR Xalq komissarlar kengashi buyrugi bilan 1918 y]].ning 16 martida tashkil etilgan Turkiston xal k, univer-sitetidir. Ammo bu universitet faqar rus tilida maʼlumot olgan kishilarni oʻqitishga yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻlkaning haqiqiy egalariga oliy maʼlumot berish koʻzda tutilmagan. Millatning fikriy rivojida zamonaviy universitetlarning gʻoyat ulkan oʻrin tutishini anglagan Munavvarqori yetakchiligidagi ziyolidar tashabbusi va saxovatli kishilarning koʻmagi bilan 1918 y. 12 mayda Xalq dorilfununining tashkil etilishi ulkan voqeaga aylangan. Xalq dorilfununi tashkil etilganda, uning qoshida adabiyot-falsafa, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiymatematik, q.x., texnika singari 5 f-tfakultet faoliyat koʻrsatgan. Oʻlkada oʻrta maʼlumotli yoshlar kam boʻlgani uchun ham Xalq dorilfununi qoshida oʻqishga kirishga tayyorlaydigan maktab va kurslar tashkil etilgan. 1919 y.dan boshlab shu maqsadda ishchilar fakultet (rab-fak)lari yuzaga keldi. Xalq dorilfununining milliy asoslarda mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatayotganligidan xavotirga tushgan RSFSR Xalq komissarlari kengashi 1920 y. 7 sent.da 2 yildan oshiqroq vaqtdan buyon ishla-yotgan dorilfununni "tashkil etish" va uni davlat universitetiga aylantirish haqida dekret chiqardi. Bu ish oliy oʻquv yur-tida mahalliy mutaxassislarning kamroq boʻlishi va oliy taʼlimning tashkil etilishida milliy xususiyatlar hisobga olinishiga imkon bermaslik uchun qilingan edi. Xalq dorilfununi 1920 y.dan Turkiston davlat universiteti, 1923 y.dan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960 y.dan Toshkent davlat universiteti (ToshDU), 2001 y.dan Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) tarzida atalgan.
 
1918 y. 8 noyab.da tashkil etilgan Turkiston sharqshunoslik instituti mamlakatimizdagi ikkinchi oliy oʻquv yurtidir (bu institut 1924 y.da Oʻrta Osiyo davlat universitetining f-tigafakultetiga aylantirilgan). 1919 y.ning 15 avg .da tashkil etilgan Turkiston oʻlkasi oliy tibbiyot maktabi Oʻzbekistondagi uchinchi oliy oʻquv yurti boʻldi (maktab 1919 y. ning 27 noyab.
 
da Oʻrta Osiyo davlat universitetining tibbiyot f-tigafakultetiga aylantirilgan). 1927 y. Samarkandda ochilgan Oʻzbekiston Oliy ped . instituti (1930 y.dan Oʻzbekiston Ped. akademiyasi) mamlakatimizdagi toʻrtinchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. 1933 y. shu oliy maktab negizida Oʻzbekiston davlat unti (1960 y.dan Alisher Navoiy nomidagi Samarkand universiteti) tashkil boʻldi.
 
1929 y. Oʻrta Osiyo davlat universiteti negizida bir qator O.oʻ.yu. tashkil etildi. Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjalik instituti (q. [[Toshkent agrar universiteti]]), Oʻrta Osiyo Paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (q. [[Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti]]), Oʻrta Osiyo energetika, Oʻrta Osiyo geolo-razvedka (bular keyinchalik Toshkent texnika universitetining f-tlarigafakultetlariga aylantirilgan) va Oʻrta Osiyo qurilish (q. [[Toshkent meʼmorlik va kurilish instituti]]) singari O.oʻ.yu. tashkil topgan. 1931 y. Oʻrta Osiyo davlat universiteti asosida To-jikiston Q.x., Oliy ped., Turkmani-ston Zooveterinariya institutlari, Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti, Oʻrta Osiyo Plan instituti (q. [[Toshkent iktisodiye’t univer-siteti]]) tashkil etildi. Oʻrta Osiyo respublikalaridagi 15 oliy oʻquv yurti va oʻnlab i.t. muassasalari SAGUdan ajralib chiqqan. 20-a.
 
ning 30—40-a.larida Oʻzbekistondagi koʻplab O.oʻ.yu. Oʻrta Osiyo miqyosida ish koʻrganligi diqqatga sazovordir. Ularda tegishli sohalar boʻyicha faqat mamlakatimizga emas, balki butun Oʻrta Osi-yoga oliy malakali kadrlar yetishtirib berilgan. Shu tariqa, Oʻzbekiston qar-dosh mamlakatlarni oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan taʼminlash va u joylarda O.oʻ.yu. tizimini yaratishning oʻziga xos oʻchogʻi boʻldi.
Qator 29:
O.oʻ.yu.ga rektor boshchilik qiladi. Oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga rahbarlik prorektorpar tomonidan amalga oshiriladi. O.oʻ.yu. fakultetlaraan tashkil topadi. F-tlarda bir yoki oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha mutaxassislikdan talaba va aspirantlar oʻqitiladi, xalq xoʻjaligining tegishli sohalaridan mutaxassislar malakasini oshiradi, shuningdek, kafedralarning i.t. faoliyatiga rahbarlik qiladi. F-tga dekan boshchilik qiladi.
 
O.oʻ.yu. (f-tlar) faoliyatidagi asosiy masalalarni koʻrib chiqish va hal etish uchun rektor (dekan) huzurida O.oʻ.yu., f-tlarfakultetlar Ilmiy kengashi tashkil etiladi. Shuningdek, Oliy attestatsiya ko-miesiyasi tomonidan nomzodlik va d-rlik dissertatsiyasi yoqlash boʻyicha Himoya kengashlari ham, asosan, O.oʻ.yu.da tashkil etiladi.
 
O.oʻ.yu.ning prof.-oʻqituvchilari uchun quyidagi lavozimlar belgilangan: kafedra mudiri, prof., dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi, assistent. Bular tanlov yoʻli bilan har 5 y.da bir sayla-nadi. Tanlov qarorlari O.oʻ.yu. kenga-shida yashirin ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ayrim yirik O.oʻ.yu.da dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi la-vozimlariga saylash vakolati f-tfakultet ilmiy kengashiga berilgan.
 
O.oʻ.yu.da oʻquv jarayoni OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasdiqlagan oʻquv rejasi va dasturlar boʻyicha tashkil etiladi.