Aleksandr Ostrovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k f-t → fakultet
Qator 1:
'''Ostrovskiy Aleksandr Nikolayevich''' [1823.31.3 (12.4), Moskva- 1886.2 (14).4, Kostroma gubernyasi] — rus dramaturgi. Dastlab 1-Moskva gimnaziyasi (1835— 40), keyin Moskva universitetining yuridik f-tidafakultetida (1840—43) oʻqigan. Ammo oʻqishni tugatmay, Moskvadagi vyukdon sudi (1843—45) va tijorat sudida (1845—51) xizmat qilgan. Sud muassasalarida ishlash O.ga yozilajak pyesalari uchun boy material bergan. O.ning dastlabki "Kam-bagʻal qarzdor" va "Oilaviy baxt manza-rasi" komediyalari "Moskovskiy gorodskoy listok" ("Moskva shahri varana-si") gaz.da bosilgan (1847). O.ning "Kam-bagʻal qarzdor" pyesasi asosida yaratilgan "Qoʻynidan toʻkilsa koʻnjiga" komediyasi (1849) Moskvadagi teatr jamoatchiligiga manzur boʻlgan. Ammo asar Nikolay I tomonidan taqiqlanib, mu-allif politsiya nazorati ostiga olingan. O. qalamiga mansub asarlar jami 47 ta boʻlib, ular "Ostrovskiy teatri" degan adabiy hodisani tashkil etgan.
 
O.ning adabiy-estetik qarashlari V. G. Belinskiy asarlari taʼsirida shakllangan. 40-y.larda yashagan boshqa rus yozuvchilari singari, O. ham sanʼ-atkor oʻziga zamondosh jamiyatning turli qismlarini maxsus oʻrganib, zamon-doshlar uchun xalq hayotining hanuzgacha tasvir etilgan sohalarini kashf eti-shi lozim, deb hisoblagan. 40-y.larda yashagan rus yozuvchilari ijodidagi ana shu tamoyil "fiziologik ocherk"da, ayniqsa, yorqin koʻringan. O.ning dastlabki pyesalari mazkur "fiziologik ocherklar" uslubida yozilgan.