Qoramolchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k f-t → fakultet
Qator 3:
Q. qadimdan hoz. Oʻzbekiston hududida intensiv sharoitlarda va yaylov usulidarivojlangan. 19-a. oxiriga qadar Q.ning asosiy qismini kammahsul, jussasi mayda jaydari hamda zebusimon qoramollar tashkil qilgan. 20-a.ning 20-y.laridan boshlab respublikada mahalliy va zebusimon qora-mollarni madaniy qoraola, qizilchoʻl va shvits zotlari bilan chatishtirish asosida mahsuldor podalar guruhini shakllantirish hamda nasldor sof zotli qoramollarning reproduktor xoʻjaliklarini tashkil etish, davlat va kooperativ xoʻjaliklari Q. sut-tovar fermalarini rivojlantirish va sutchilik komplekslarini tashkil etish, Q.ni ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va sanoat texnologiyalari asosiga oʻtkazish ishlari amalga oshirildi. Q.ning sut, sut-goʻsht, goʻsht hamda naslchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklar, naslchilik zavodlari, xoʻjaliklari va fermalari tashkil etildi. natijada 80-y.larga kelib qoramollar zotdorligi 98—99% ga yetkazildi. Nasldor sigirlarning 3800—4100 kg sut beradigan podalari barpo etildi. Goʻshtchilik komplekslarida parvarish qilingan novvoslar vazni 12—13 oyligida 400—420 kg ga koʻtarildi. Tumanlarda tashkil etilgan xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonalarida qoramollarni jadal boqish va boʻrdoqilash ijobiy natijalar berdi. Qoramolchilik amaliyotining taraqqiy etishida ilgʻor tajriba va fan yutuqlari muhim rol oʻynadi. 1932 y.da chorvachilik tajriba st-yasining va 1939 y.da Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutining tashkil etilishi chorvachilik va xususan Q. sohasida muhim burilish boʻldi. Q. rivojining tipologik, ozuqa va seleksiya asoslari ishlab chiqildi hamda amaliyotga keng joriy qilindi. 1924 y.da qoramollar soni 1229,4 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 407,5 ming boshni tashkil qilgan boʻlsa, 1991 y.da bu koʻrsatkichlar tegishlicha 4580,8 va 1856,4 ming boshga, 2004 y.da 5873 va 2556,7 ming boshga yetdi. 1924 y.da goʻsht yetishtirish (tirik vaznda, ming t) 84,0, 1991 y.da 789, 2003 y.da 935,5; sut yetishtirish tegishlicha 262,0, 3034,2 va 4030,3 ni tashkil etdi. sigirlardan oʻrtacha sut sogʻib olish 1924 y.da 400 kg dan 1990 y.da 1685 kg ga, qoramollarni goʻshtga topshirish vazni 150 kg dan 401 kg gacha koʻtarildi. Keyingi 14—15 y. mobaynida qoramollar soni va yetishtirilgan yalpi chorva mahsulotlari hajmi oʻsdi. Q. sohasida tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarida mahsuldorlik koʻrsatkichlari yaxshilandi. 1990 — 2003 y.larda respublikada qoramollar soni 1293,9 ming boshga yoki 28,3%ga, sigirlar soni 700,3 ming boshga yoki 37,7% ga koʻpaydi.
 
Oʻzbekistonda Q. boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutida olib boriladi. Q. fan sifatida oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining zoomuhandislik va veteri-nariya f-tlaridafakultetlarida oʻqitiladi.
 
Xorijiy davlatlarda sut yoʻnalishidagi Q., ayniqsa, Gollandiya, Daniya, Germaniya, Isroil, AQSH, Kanada, Yaponiya va Yangi Zelandiyada rivojlangan (sigirlarning oʻrtacha sut sogʻimi 8—11 ming kg). Goʻshtdor q. [[AQSH Fransiya]], [[Angliya]], [[Italiya]], [[Kanada va Avstraliyada tashkil etilgan (goʻsht olinadigan 14—15 oylik novvoslar vazni 500—550 kg]]). Dunyo mamlakatlarida urchitilayotgan qoramollar soni 1,33 mlrd. bosh atrofida (1999). Jahonda turli tabiiy iqlim sharo-itlariga moslashgan 250 dan ortiq qoramol zotlari boqiladi.