Diplomatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 3:
D.ning shakllanishi davlatnksh yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor shaxslari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbek davlatchiligi tarixida chet ellar bilan muntazam aloqalar yoʻlga qoʻyilganligi yaxshi maʼlum. Amir Temur davlati Fransiya, Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya bilan elchilar orqali aloqalarni yoʻlga qoʻygan.
 
Oʻzbekiston mustaqil davlat boʻlgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huqukli subʼyektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi (2002 y. yanv.yanvar). BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va b. obroʻli xalqaro tashkilotlar va kengashlarga aʼzo boʻldi. Uning tashki siyosati, diplomatik faoliyati OʻzR Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxleizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan boshqa qoida va meʼyorlariga asoslanadi. Teng huquklilik, oʻzaro manfaatdorlik va oʻzaro hurmat Oʻzbekiston D.sining asosiy tamoyillaridir. OʻzR jahonda yangicha iqtisodiy tartib oʻrnatish, butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni taʼ-minlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan birga faol harakat qilmoqda, bu yoʻlda barcha diplomatik kanallarni ishga solmoqda. Oʻzbekistonda D. kadrlari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlanadi.
 
== Adabiyot ==