Gayana: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 16:
 
== Tarixi ==
Qadimda G. hududida indeyslar yashagan. G.ni birinchi boʻlib ispanlar kashf etgan (1499). 16-a. oxirlarida inglizlar G. qirgʻoqlariga kelganlar. Keyinroq golland savdogarlari Essekibo, Demerara va Berbis daryolari boʻyiga kelib joylashib, bu yerlarni oʻzlashtira boshladilar. Ular Afrikadan keltirilgan negr qullar yordamida plantatsiya xoʻjaliklari barpo etdilar. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida G.ga egalik qilish uchun Buyuk Britaniya, Gollandiya va Fransiya oʻrtasida kurash boʻlib turdi. 1814 y.gi Angliya-Gollandiya sulhiga binoan G. Buyuk Britaniya ixtiyoriga oʻtdi va 1831 y.dan Britaniya Gvianasi deb ataladigan boʻldi. 1834 y.da quldorlik bekor qilindi. 1838 y.dan boshqa mamlakatlardan, ayniqsa Hindiston va Xitoydan arzon ish kuchi keltiriddi. G. aholisi milliy-ozodlik uchun kurashdi. Bu kurash 2-jahon urushidan keyin keskin tuye oldi. 1953 y.da Britaniya Gvianasi mehnatkashlari ichki oʻzini oʻzi boshqarishni kengaytirishga erishdi. 1966 y. 26 mayda Britaniya Gvianasi mustaqil davlat deb eʼlon qilindi va u G. deb nomlandi. 1970 y.dan G.— respublika. Oʻsha yildan BMT aʼzosi. 1992 y. 8 yanv.dayanvarda OʻzR suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami: Respublika kuni -23fev. (1970).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi. Xalq taraqqiyparvar partiyasi, hukmron partiya, 1950 y. tuzilgan; Xalq milliy kongressi, muxolifatdagi partiya, 1955 y. tashkil etilgan; "Birlashgan kuch", muxolifatdagi partiya, 1960 y. tuzilgan; Mehnatkashlar ittifoqi, muxolifatdagi partiya, 1977 y. tashkil etilgan. G. kasaba uyushmalari kongressi, 1940 y. da asos solingan.