Harbiy kiyimlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 13:
Oʻrta Osiyo hududining ancha qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshilgach, Buxoro va Xiva xonliklarida mahalliy H.k. elementlari birmuncha saqlangan holda chor armiyasi harbiy kiyimlari joriy qilingan. Buxoro amirligi armiyasida oddiy piyoda askarnikidan toʻq-sabonikigacha boʻlgan H.k. chor qoʻshinlari H.k.iga oʻxshash boʻlgan. Oliy qoʻmondonlik tarkibining anʼanaviy koʻrinishi (keng cholvor, tilla rang bezaklar tikilgan duxoba kamzul, til-la, kumush taqinchoqlar va popuklar taqilgan kamar)ni saqlab qolgan boʻlsa-da, kamzullarining bichimi chor armiyasi mundiriga oʻxshash boʻlgan, pogonlar, epoletlar tikilgan, ordenlar taqilgan. Xiva xonligi chor armiyasidan faqat pogonlarnigina qabul qilgan. H.k. esa mahalliyligini saqlab qolgan.
 
Shoʻrolar davrida (1917—91) H.k. mafkuraviy tamoyillarga asoslangan holda boʻlgan. Mas, Qizil armiya askarlari yulduzchali movut shlem, shinel, yashil rangli koʻylak kiyishgan. 1972 y. yanv.danyanvardan Sovet qurolli kuchlari yangi kiyim formasiga oʻtgan (sol-dat va serjantlarga parad-chiqish H.k.i — koʻylak va galstuk bilan ochiq mundir, shim va botinka); gimnastyorka yopiq dala kiteli bilan almashtirilgan.
 
Quruklikdagi qoʻshinlar marshallari, generallari, ofitser va praporshchiklariga toʻq zangori rangdagi yagona anʼanaviy H.k. tasdiqlangan. Harbiy-dengiz floti ofitserlari, michmanlari va praporshchiklariga yopiq oq va qora-koʻk kitel oʻrniga oq koʻylak va qora galstuk bilan kiyiladigan oq tujurka va koʻk kurtka belgilangan. 1972 y.dagi harbiy parad ishtirokchilari — harbiy xizmatchilarga, shuningdek, faxriy qorovul rotalari shaxsiy sosta-viga va Moskva garnizoni yigʻma orkestriga akselbantlar taqishga rux-sat berilgan.