Junaydxon: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
DastyorBot (munozara | hissa) k yanv. → yanvar |
||
Qator 1:
JUNAYDXON Qurbon Mamed (Muhammad) sardor (1857, hoz. Taxta tumani, Turkmaniston — 1938, Hirot atrofi, Afgʻoniston) — Istiqlolchilik harakati namoyandalaridan. Mustamlakachi chor Rossiyasi hamda shoʻro qoʻshinlariga qarshi kurashgan. Yovmut qabilasi bayramali urugʻining junayd tarmogʻiga mansub. Nizoli masalalarni adolatli hal qilganligi va jasurligi uchun turkmanlar orasida uning shuhrati keng yoyilgan. U uzoq yillar mobaynida oʻz urugʻining mirobi, qozisi, oqsoqoli, harbiy boshligʻi boʻlgan. Chorizmning Xiva yurishlari paytida yosh Qurbon Mamed turkman yovmut yigitlari qatorida rus bosqinchilariga qarshi janglarda qatnashgan. Asfandiyorxon J.ni turkman qabilalarining sardori etib tayinlagan (1915). Turkman oqsoqollari uni Junaydxon deb eʼlon qilishgan. Turkman davlatini tuzish maqsa-dida J. Xivaga yurish qilgan (1916). Xivani egallagan J. qoʻshini xondan katta miqdorda tovon puli olgach, 15 fev.da poytaxtni tark qiladi. Turkiston harbiy gubernatori zudlik bilan Xivaga Toshkentdan general Galkinning jazo otryadini yuboradi. 16 martda Gʻazovotda J. qoʻshini ruslardan yengilgach, Qoraqumga chekingan, soʻngra Eron va Afgʻonistonga oʻtib ketgan. J. 1917 y. yozida Xorazmga qaytib kelib, siyosiy hokimiyat uchun kurashni davom ettirgan. 1918 y. 10
da Toshhovuz okrugidagi Oqtepada shoʻro hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Turkmaniston XKS va MI K darhol J.ni qonundan tashqari deb eʼlon qilgan. J. lashkari Toshxovuz okrugi Taxta va Koʻhna Urganch tumanlaridagi koʻplab ovullarda shoʻro hokimiyatini tugatishgan. Tengsiz janglarda J. magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, S. M. Budyonniyning saralangan maxsus otliq qoʻshini uni qoʻlga tushira olmagan. J. Xorazm vohasida ayrim tanaffuslar bilan 1931 y.gacha kurash olib borib, nihoyat Eron orqali Afgʻonistonga oʻtib ketgan.
|