Komi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 7:
K.da toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, asfaltit, titan rudasi, boksit, tosh toʻz, kaliy tuzi, gips, ohaktosh, qurilish materiallari koʻp. Ayniqsa, yoqilgʻienergetika resurslarining ahamiyati katta.
 
Iqlimi respublikaning koʻp qismida moʻʼtadil kontinental; qishi uzoq, sovuq; yozi qisqa, iliq. Sovuq jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa tomon kuchayib boradi, yanv.yanvar
 
ning oʻrtacha t-rasi — 17° dan —20° gacha, iyulniki 1 G dan 15°gacha. Respublika hududining 13% (shim., shim.-sharqi) koʻp yillar davomida muzlab yotadi.
Qator 17:
Tarixi. K. hududida aholi yuqori paleolit davridan yashab kelgan va asosan, ovchilik bilan shugʻullangan. Mezolit va neolit davrlarida Vichegda va Pechora havzasiga jan.dan kelgan qabi-lalar joylashib borgan. 2-ming yillikning boshida hoz. komi (ziryan) xalqi avlodlarining qabilaviy birliklari shakllandi. 11 —14-a.larga oid manbalarda vichegdalik permlar nomi eslatib oʻtiladi. Ular oʻrta va quyi Vichegda havzasida yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻtroq hayot boshlanib, hunar markazlari vujudga kelgan. Vichegdalik permlar 12— 14-a. lar davomida Novgorodga xiroj toʻlab turdi. 14-a.da Moskva knyazligining taʼsiri kuchaydi. 14-a. oxiridan aholi xristian diniga oʻta boshladi. 1478 y. Komi oʻlkasi rasmiy ravishda Rus davlati tarkibiga qoʻshib olindi. 15— 18-a.larda muhim savdo yoʻllari (Vyatka-Kama havzasi — Arxangelsk va Velikiy Ustyug — Sibir) Komi oʻlkasi orqali oʻtardi. 18-a.
 
da bir necha savdo markazi paydo boʻldi. Choʻyan quyish zavodlari, neft haydash korxonalari va h.k. qurildi. Komi xalqi tarkib topdi. 19-a.ning 1-yarmida dehqonlar Rossiya davlati va mahalliy ekspluatatorlar zulmiga qarshi ommaviy isyon koʻtardi. 1918 y. yanv.—martyanvar—mart oylarida K.da shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1921 y. avg .da RSFSR tarkibida K. (Ziryan) muxtor viloyati tuzildi, u 1936 y.da K. muxtor respublikasiga aylantirildi. 1990 y. suverenitet haqidagi Deklaratsiyaga muvofiq, 1992 y.da K. Respublikasi maqomini oldi.
 
Xoʻjaligida ogʻir sanoat tarmoqlarining ulushi katta: elektroenergetika, koʻmir, neft, gaz qazib chiqarish va qayta ishlash, oʻrmon sanoati yetakchi oʻrinda. Energetika-sini bir qancha issiqlik elektr stansiyalari va Pechora GRES tashqil etadi. Yiliga oʻrtacha 10,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Yogʻoch, asosan, Vichegda, Pechora va Mezen havzalarida tayyorlanadi. Yogʻochsozlik, mebel, sellyulozaqogʻoz sanoati barpo etilgan. Timan-Pechora neft-gaz konlari negizida neft va gazni qayta ishlash sanoati rivoj topgan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari Sektivkar, Uxt a, Nyuvchim, Inta, Shelyayurda joylashgan. Qurilish ashyolari koni (gʻisht, sement, ohak, temir-beton konstruksiyalar) i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. Yengil sanoat korxonalari koʻn-poyabzal k-ti, tikuvchilik f-kalari va b.dan, oziq-ovqat sanoati sut zavodlari, goʻsht k-tlari, toʻz olish zavodi, un k-ti, qandolat va makaron f-klaridan iborat. Asosiy sanoat markazlari: Sektivkar, Uxt a, Vorkuta, Inta, Pechora.