Kongo Demokratik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k f-t → fakultet
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 30:
2-jahon urushi davrida Belgiya Kongosi AQSH va Buyuk Britaniyaga harbiystrategik xom ashyo (mis, kalay, kobalt, rux, uran va b.) yetkazib beradigan manbaga aylantirildi. Urushdan keyin 40-, ayniqsa, 50-y.larda mehnatkashlarning mustamlaka zulmiga qarshi harakati keskin tus oldi. Af-rikaliklar kasaba uyushmalari tuzish huquqiga erishdilar(1946). Koʻpgina madaniy-maʼrifiy tashqilotlar toʻzilib, ular keyinroq siyosiy partiyalarga aylandi. Bu partiyalar milliy ozodlik harakatini uyushtirib, Belgiya hukumatidan mustaqillik berishni talab qildi. Nihoyat, Belgiya bu talabni qondirishga majbur boʻldi.
 
1960 y. 30 iyunda mustaqil K. Respublikasi eʼlon qilindi. Kongo milliy harakati partiyasi rahbari Patris Lumumba bosh vazir, J. Kasavubu prezident lavozimini egalladi. 1960 y. sent.da K. Respublikasi BMTga qabul qilindi. Respublika rahbarlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mamlakat mustaqilligiga rahna sola boshladi. 1960 y. yevropaliklarni himoya qilish bahonasi bilan K.ga Belgiya qoʻshinlari bostirib kirdi. Bosqinchilarni daf qilish uchun Lumumba iltimosi bilan K.ga BMT armiyasi kiritildi. Lekin bu armiyaning sustkashligi natijasida milliy hukumat hokimiyatdan chetlatilib, vatanparvar rahbarlar taʼqib qilindi. Lumumba vahshiyona oʻldirildi (1961 y. yanv.yanvar). Vatanparvarlar mustaqillik kurashini toʻxtatmadilar. Ularning tazyiqi ostida parlament chaqirilib, S. Adula boshliq yangi hukumat tuzildi (1961 y. iyul). 1964 y. K. Demokratik Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1965 y. 25 noyab.
 
da hukumat armiya qoʻliga oʻtdi. Uning bosh qoʻmondoni general-leytenant S.S.Mobutu mamlakat prezidenti deb eʼlon qilindi. Parlament yana tarqatildi, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari faoliyati taqiklandi.