Militsiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k in-t → institut |
DastyorBot (munozara | hissa) k yanv. → yanvar |
||
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Militsiya''' (lot. militia — qoʻshin) (OʻzRda) — konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga daʼvat etilgan, fuqarolar hamda davlat mulkini, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi maʼmuriy organ. OʻzR Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar idoralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom" (1993 y. 8
M. tarixini Oʻrta Osiyo xonliklaridagi maʼmuriy lavozim hisoblangan mirshablar faoliyati bilan bogʻlash mumkin. Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan istilo qilingach, politsiya xizmati yoʻlga qoʻyilgan. 1917 y. 28 okt.da, yaʼni Oktyabr toʻntarishidan uch kun oʻtgach, shoʻrolar hukumatining vakolatiga binoan, Ichki ishlar xalq komissarligi "Ishchi militsiyasi toʻgʻrisida" qaror qabul qilgan. Qarorda barcha yerda inqilobiy institutizom oʻrnatish va tartibni saklash uchun ishchi M.lari taʼsis etish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan edi. Shundan koʻp oʻtmay Turkiston XKS ning "Zaxira kadrlari yaratish va militsiya tashkil etish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi eʼlon qilindi (1918 y. 29
Mamlakat mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston M.sining istiklolni jinoiy xurujdan himoya qilish, yosh mustaqil davlat va uning fuqarolari xavfsizligini taʼminlash borasidagi masʼuliyati oshdi. Barcha xuquqni mu-hofaza qilish idoralari kabi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari qayta tashkil topdi. Hoz. bu tizimga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent sh. Ichki ishlar bosh boshkarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Transport ichki ishlar boshqarmasi kiradi. Temir yoʻlda, suv va havo transportida transport M.si boʻlinmalari mavjud; qishloqlar, shaharchalar, mavzelarda profilaktika inspektorlari, mahalla posbonlari ish olib boradi. Hoz. vaktda Oʻzbekiston Respublikasi IIV tizimida jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, tergov, post-patrul xizmati, jamoat tartibini saklash, huquqbuzarlikning oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmalari va b. boshqarma, boʻlimlar mavjud. M. faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri jino-yatlar va b. jamiyatga qarshi harakatlarni toʻxtatish, ochish va oldini olishdir. M. jinoyatlarni va ularni sodir etgan kishilarni aniqlash yuzasidan operativ qidiruv tadbirlarini amalga oshiradi, jinoiy ishlar qoʻzgʻaydi va shoshilinch tergov ishlari olib boradi, oʻz vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha esa surishtiruv oʻtkazadi, qamoqkr, oladi, ushlab turadi va h.k. M. jamoat joylarida tartib saqlanishini nazorat qilib boradi; koʻcha harakati va transportdan foydalanish qoidalariga rioya etilishini kuzatadi (q. [[Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati]]); pasport rejimi bajarilishini nazorat qiladi, tergov va suddan qochib yurgan jinoyatchilarni qidiradi. M.ga, shuningdek, huquqbuzarliklardan jabrlangan va baxtsiz hodisalardan zarar koʻrgan kishilarga yordam koʻrsatish; tabiiy ofat vaqtida odamlarni va molmulkni qutqarishda qatnashish, karantin choralarini koʻrishga yordamlashish; tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, baliq ovlash va ov qoidalarini buzuvchilarga qarshi kurashish va sh.k. vazifalar ham yuklangan. M.ning butun ishi qonunchilik tamoyillariga asoslangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, ijrochi-farmoyish beruvchi organlarning qaror va farmoyishlari rahbarlik uchun asos hisoblanadi. M. Boshqa davlat organlari bilan yaqin aloqada ishlaydi, jamoat tashkilotlari, mahallalarning yordami va madadiga tayanadi. Keyingi yillarda M. ishida jiddiy islohotlar oʻtkazildi. Amalga oshirilgan islohotlarning asosiy maqsadi ichki ishlar idoralarini oʻtgan asr oxirlaridan boshlab butun dunyo hamjamiyatiga xavf solayotgan terrorizm, diniy ekstremizm va giyohvand moddalarning Oʻzbekiston hududiga tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirish, bu borada boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qilish idoralari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashda mahalla faollari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahalla posboni jamoa tuzilmasidan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish, ichki ishlar idoralarining xizmat faoliyatini tashkil etishda zamonaviy kriminalistik uskunalardan, kompyuter texnologiyalari va b. yangi texnika vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlash kabi bir qancha vazifalardan iborat. Ichki ishlar vazirligi tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi 3 ta oliy oʻquv yurti — Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Toshkent Oliy harbiy texnika bilim yurti, Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktablari mavjud.
|