Moldova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 12:
M. Sharqiy Yevropa tekisligining jan.-gʻarbiy qismida joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik, dare vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 m. Dnestrning oʻng sohilini Dnestr boʻyi qirlari (bal. 250—300 m, eng baland joyi 347 m) egallagan. Shim. Moldaviya tekisligi (250—300 m), Jan. Moldaviya tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha qumi, shagʻal, shuningdek, neft va gaz konlari topilgan.
 
Iqlimi — moʻʼtadil kontinental. Qishi qisqa, iliq, qor kam yogʻadi, yozi uzoq va iliq. Iyulning oʻrtacha t-rasi — shim.da 19,5° va jan.da 22°; eng yuqori t-ra 41°; yanv.ningyanvarning oʻrtacha t-rasi shim.
 
da — 5° va jan.da — 3°; eng past t-ra —36°. Yiliga shim.da 560 mm, jan.gʻarbda 370 mm, qirlarda 500—560 mm, tekisliklarda 400—450 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Qora dengizga quyiladi. Eng katta daryolari — Dnestr (irmoklari — Reut, Bik, Botna), Prut (irmoklari — Chugur, Kamenka, Larga, Lapushna, Sarata). Tuproqlari — asosan, qoratuproq (75%), qoʻngʻir va kulrang oʻrmon tuprogʻi (10%); dare qayirlarida — allyuvialoʻtloqi tuproqlar. Hududining aksariyati dasht va oʻrmon dasht mintaqasida joylashgan boʻlib, koʻp qismi haydalib, ekin ekiladi. Mamlakat maydonining 9% ni egallagan oʻrmonlarda dub, shumtol, grab, qora qayin, joʻka oʻsadi. Chalov, betaga kabi dasht oʻsimliklari kamayib ketgan. Hayvonlardan oʻrmonda yelik, toʻngʻiz, boʻri, tulki, boʻrsiq, olmaxon, oqsichqon yashaydi. Qushlarning 260 ga yaqin turi (soʻfitoʻrgʻay, mayna, qorashaqshaq, qarchigʻay, boyqush, bedana va b.) uchraydi. "Kodru", "Gredina Turchaske", "Yagorlik", "Playul Faguluy", "Prudil de Jos" kabi qoʻriqxonalar tashkil etilgan.
Qator 24:
Mil. av. 1ming yillikdan mil. 1ming yillikkacha M. qududida daklarning qabilaviy birlashmalari va davlatlari mavjud boʻlgan. Mil. 2-a. boshlarida rimliklar Dakiyani bosib oldi va uni asta-sekin Rimning viloyatiga aylantirdi. Lotin tili yoyilib, u sharkiy roman, shuningdek, moldavan tillariga asos boʻldi. 2—4-a.larda bu yerda sarmatlar, skiflar, hunnlar, gotlar yashaganligi taxmin qilinadi. 10—12-a. boshlarida M. ning bir qismi Qad. Rus davlati taʼsir doirasiga, soʻng Galitsiya va Galitsiyavolin knyazligi tarkibiga kirgan. Lekin 12-a.da koʻchmanchi bijanaq va qipchoklarning hujumidan keyin slavyanlar deyarli barham topdi. 13—14-a.
 
larda M. hududi moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtdi. Bosqinchilar vengerlar tomonidan haydab yuborilgandan keyin M. yerlari Vengriya qaramogʻiga oʻtdi, 1359 y. ozodlik kurashi natijasida mustaqil M. knyazligi (poytaxti Yassi sh.) voʻjudga keldi. 14-a. 2-yarmida Karpat bilan Dnestr oraligʻidagi yerlar unga qarashli boʻldi. Shu davrda valaxlar va sharqiy slavyanlar bilan aloqa rivojlanib, natijada moldavan elati shakllandi. 16—18-a.larda M. Usmoniylar imperiyasi xukmronligida boʻldi va 300 y. mobaynida oʻlpon toʻlab turdi. Avvaliga Tira, Benderi, Kiliya, 18-a.da Xotin M.dan ajratib olindi va ularga turk garnizonlari joylashtirildi. Chet el bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik kurashi turli shakllarda olib borildi. 18-a. 2-yarmi va 19-a. boshlaridagi Rossiya-Turkiya urushlari natijasida M. ozod etildi. Ammo Yevropa davlatlarining oʻzaro raqobati tufayli M. yana Turkiyaga qaytarib berildi. 1775 y. M. knyazligining shim. qismi Avstriyaga, 1791 y. Yassi sulh shartnomasiga binoan, Dnestrning soʻl sohili Rossiyaga, yana bir qismi keyinchalik Rech Pospolitaga qoʻshib olindi. 1812 y. Buharest sulh shartnomasiga koʻra, M. knyazligining Prut va Dnestr oraligʻidagi yerlari Rossiyaga oʻtdi va Bessarabiya viloyati nomini oldi. Kishinyov sh. uning maʼmuriy markazi boʻlib qoldi. Bessarabiya Rossiyaning agrar oʻlkasi sifatida rivojlana boshladi. 1917 y. Rossiyadagi Fev. inqilobidan keyin bu yerda ham qoʻsh hokimiyatchilik vujudga keldi. 1917 y. noyab.dek.da ayrim shahar va qishloklarda hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. Vakolatli hokimiyat organi — "Sfatul Seriy" ("Oʻlka kengashi") 1917 y. 2 dek. da M.ni Demokratik respublika deb eʼlon qildi. 1918 y. 24 yanv.dayanvarda oʻzining Rossiyadan mustaqil ekanini bildirdi. 1918 y. 27 martda M. Demokratik Respublikam (Bessarabiya)ni Ruminiyaga qoʻshishga qaror qildi. 1918—19 y.larda M. soʻl sohil tumanlarida Avstriya-Germaniya, Antanta qoʻshinlari hukmronlik qildi. 1920 y. fev.da bu yerda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1924 y. 12 okt.da Ukraina tarkibida M. muxtor shoʻro respublikasi tuzildi. 1939 y.gi Ribbentrop-Molotov paktining qoʻshimcha maxfiy bayonnomasi asosida Sovet Itti-foqi 1940 y. 26 va 27 iyunda Ruminiyadan Bessarabiya va Shim. Bukovinani darhol SSSR ga topshirishni talab qildi. 1940 y. 2 avg .da M. Shoʻro Respublikasi tuzildi. 2-jahon urushi yillarida M. jang maydoniga aylandi va 1944 y. avg .da bosqinchilardan ozod qilindi. Shundan keyin M.ning salkam yarim asrlik tarixi SSSR bilan bogʻliq boʻldi. 1987—89 y.lardagi qayta qurish davrida milliy tiklanish qarakati boshlandi. 1990 y. 23 iyunda M. Respublikasi suvereniteta eʼlon qilindi. 1991 y. 27 avg .da M. Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul etildi. Biroq mustaqillikning dastlabki yillarida ayirmachilik harakati yuzaga kelib, bu narsa mamlakatda ichki qurolli mojaroga sabab boʻldi. Keyingi paytda nizoni bartaraf etish uchun muzokara olib borilayotir. M. — 1992 y.dan BMT aʼzosi, shuningdek, MDX tarkibiga kiradi. OʻzR suverenitetini 1994 y. 23 avg .da tan olgan va shu kuniyoq diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 27 avg . — Mustaqillik kuni (1991).
 
Siyosiy partiyalari. Agrardemokratik partiya, Kommunistlar partiyasi, Sotsialistik partiya, Xristiandemokratik xalq partiyasi, Tiklanish va inoklik partiyasi.