Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 7:
 
== Davlat tuzumi ==
M. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 y. 13 yanv.dayanvarda qabul qilingan va 12 fev.da kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (1997 y. dan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk davlat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga binoan, prezident bilan kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar mahkamasi boshligʻining nomzodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi.
 
 
Qator 31:
1921 y. iyulda Urga sh.da M. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1924 y. 26 noyab.da mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini maʼlum qildi va birinchi konstitutsiyani qabul etdi. 1992 y.gacha mamlakat shu nom bilan yuritildi. Shu yili qabul qilingan konstitutsiya kuchga kirgach, M. deb atala boshladi. 1990 y.larning boshlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtdi — markazlashgan rejali iqtisodiyot oʻrniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshladi, bir partiyali siyosiy tizimdan koʻp parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi.
 
M. — 1961 y. dan BMT aʼzosi. OʻzRb-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 25 yanv.dayanvarda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 11 iyul — Xalq Inqilobi kuni (1921).
 
Siyosiy partiya va tashkilotlari, kasaba uyushmalari M. xalq-inqilobiy partiyasi, 1921 y.da tuzilgan, 1999 y. martda M. xalq partiyasi uning tarkibiga kirgan; M. milliy demokratik partiyasi, 1992 i. okt.da tashkil etilgan; M. birlashgan konservativ partiyasi, 1993 y.da asos solingan; M. demokratik uygʻonish partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; M. "koʻkatparvarlar" partiyasi, 1990 y.da asos solingan; M. ishchi partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; M. res-publikachilar partiyasi, 1992 y.da tashkil etilgan; M. sotsialdemokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; M. demokratik ittifoqi, partiyalar bloki, 1990 y.da asos solingan; "Vatan", koalitsiya, 1999 y.da tuzilgan, Yangi demokratik sotsialistik partiya bilan M. ishchi partiyasini birlashtiradi; Toʻrt ittifoq federatsiyasi, 1993 y.da tashkil etilgan (M. demokratik ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, M. yoshlari ittifoqi va M. talabalari ittifoqidan iborat). M. erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990 y. tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1927 y. tashkil etilgan.