Muzrabot tumani — versiyalar orasidagi farq

k
yanv. → yanvar
k (imlo)
k (yanv. → yanvar)
'''Muzrabot tumani''' - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1968 y. 25 dek.da tashkil etilgan. 1994 y.gacha Gagarin tumani deb atalgan. Viloyat xdaudining eng jan. qismini egallaydi. Shim.da viloyatning Sherobod va Qiziriq, sharqda Angor tumanlari, jan.-sharkda Termiz tumani, jan.da Amudaryo orqali Afgʻoniston, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 99,1 ming kishi (2002). Tumanda 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Besh-qoʻton, Boldir, Guliston, Muzrabot, Navbahor, Obodon, Xalqobod, Shoʻrob, Qorakamar) bor. Tuman markazi — Xalqobod qishlogʻi.
 
Tabiati. Tuman hududi asosan, tekislikdan iborat, shim.dan jan.ga Amudaryoga tomon pasayib, gʻarbi Qoʻhitang togʻining jan. qismiga yondashadi. Oʻrtacha t-ra yanv.dayanvarda 0° dan 2° gacha, iyulda 37°—42 . Yozi uzok,, issiq va quruq. Yillik yogʻin mikdori 110—120 mm. Vegetatsiya davri 250—280 kun. Tumanda Afgʻon shamolining taʼsiri kuchli. M.t. xududidan Qorasuv daryosi, Muzrabotsoy va Zang kanali oqib oʻtadi. Tuprogʻi boʻz tuproq, shoʻrxok, taqirlar ham uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, gʻijmaloq (tuyaqorin), saksovul, qamish oʻsadi, yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayra, ilon, toshbaqa, Amudaryo sohillarida qobon, qoplon uchraydi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, rus, turkman va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 133 kishi (2002).
516 159

ta tahrir