Myanma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 11:
 
== Tabiati ==
M. — asosan, togʻli mamlakat. Eng baland joyi 5881m (Khaqaborazi togʻi). Sharqida Shan togʻligi va uning dengiz boʻyigacha choʻzilgan tizmalari, gʻarbida Rakxayn (Arakan-Yoma), Patkay va b. tizmalar bor. Togʻlarning zamini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli va choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Iravadi tekisligi quruqlik, daryo, koʻl va dengiz yotqizik^lari qoplagan depressiyadan iborat. Muhim qazilma boyliklari: neft, qalay, volfram, kumush, mis, qimmatbaho toshlar, qoʻrgʻoshin va pyx, tabiiy gaz va b. Iklimi issiq, oʻzgaruvchan nam iqlim. Eng issiq oy — apr.ning oʻrtacha t-rasi 30—32°, yanv.yanvar niki 13—15° dan (shim.
 
da) 20—25° gacha (jan.da); togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlariga 6000— 6500 mm gacha yogʻin tushadi. Seryogʻin oylari iyun—okt. Mart va apr. eng qurgʻoqchil va issiqoylardir. Daryolari musson yomgʻirlari mavsumida toʻlib oqadi. Har yili toshqinlar boʻlib turadi. Eng katta daryolari — Iravadi, Saluin. Koʻl kam, eng yirik koʻli — Inle. Togʻli joylarda tarkibida oziq moddalari kam oʻrmon tuproklari, sariq-qoʻngʻir va kizil tuproklar tarqalgan. Qurgʻoqchil markaziy viloyatlarda yuvilgan qizgʻishqoʻngʻir tuproklar, savanna tuproklari, shuningdek, jigarrang tuproklar koʻproq uchraydi.
Qator 31:
18-a. 2-yarmida yuqori M.da Konbaunlar davlati paydo boʻldi. U qoʻshni mayda davlatlarni oʻziga boʻysundirdi. Konbaunlar davlatida tarqoqlik tugatildi. Barcha yerning davlat mulkiga aylanishi markazlashgan hokimiyatning asosiy moddiy negizi boʻlib qoldi. Konbaunlar davlati Hindixitoydagi eng kuchli davlatga aylandi. 1785 y.da Arakan, 19-a. 1-yarmida Manipur va Assam M.ga qoʻshib olindi. Bu davrda madaniyat, sanʼat va adabiyot rivojlandi. Hashamatli qasr va saroylar, ma-hobatli budda ibodatxonalari qurildi, birinchi teatr, bosmaxona tashkil etildi. 19-a. dan ingliz mustamlakachilari M.ni bosib olishga kirishdilar. 1824 y. 5 martda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi M.ga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852 y. mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Ost-Indiya kompaniyasi M.ning Pegu viloyatini egalladi. 1885 y. inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun M.ni oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920 y. talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—32 y.larda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-y.larning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.
 
Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida M.ni Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942 y.da M.ni Yaponiya bosib oldi. M. xalqi yapon bo-sqinchilariga qarshi kurashdi. 1944 y.da M. xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar M. hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reak-siyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya M. milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947 y. yanv.yanvar). 12 fev.da M.dagi turli xalqlar vakillari Panlone kon-ferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989 y.gacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947 y. 24 sent.
 
da boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi M. konstitutsiyasini qabul qildi. 17 okt.da imzolangan shartnomaga binoan, M. Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948 y. 4 yanv.yanvar
 
da rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. U Nu rahbarligida hukumat tuzildi. 1962 y.da bir guruh zobitlar davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Hukumat general Ne Vin boshchiligidagi Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1988 y. mart— avg . oylaridagi ommaviy xalq gʻalayonlari natijasida Ne Vin va uning tarafdorlari isteʼfoga chikdi. Oʻsha yil 18 sent.da harbiy toʻntarish boʻlib, hokimiyat Qonuniylik va tartibni tiklash Davlat kengashi qoʻliga oʻtdi. 1992 y.dan kengashga rahbarlik qilib kelayotgan general Tan Shve mamlakatda parlament saylovi oʻtkazilgandan keyin hokimiyatni fuqaro hukumati qoʻliga topshirishini bildirgan.
Qator 39:
M. —1948 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlari 2001 y. fev.
 
da oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 4 yanv.yanvar — Mustaqillik kuni (1948).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalqozodligi antifashist ligasi, 1945—47 y.larda mustamlakachilarga qarshi xalq kurashiga boshchilik qilgan, 1988 y. da qaytadan tuzilgan; Demokratik partiya, 1988 y.da tashkil etilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Demokratiya uchun milliy liga, 1988 y.da tuzilgan; Milliy birlik partiyasi, 1962 y.da tashkil etilgan, 1988 y.gacha Birma so-sialistik dasturi partiyasi deb atalgan. Dehqonlar birligi tashkiloti kasaba uyushmasi, 1969 y.da tuzilgan Markaziy xalqdehqonlar kengashi negizida 1977 y.da tashkil etilgan; Ishchilar birligi tashkiloti kasaba birlashmasi, 1977 y.da tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1988 y.da asos solingan.