Ohangaron tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 5:
Foydali qazilmalardan qoʻngʻir kumir (Angren, Obpartak, Choʻchqabuloq, Jigariston), mis, rux, molibden, oltin (Qoʻshbuloq, Qizilolma, Novgarzon, Oltintopgan), flyuorit (Gushsoy), alunit (Okcha, Novgarzon), feruza (Ungurlikon, Objazsoy), qurilish materiallari bor. Oʻtga chidamli tuproq, qum, shagʻal, ohaqtoshning zaxiralari katta.
 
Iqlimi kontinental, yanv.ningyanvarning oʻrtacha t-rasi —3°, —5°, iyulniki 22°—26°. Yillik yogʻin 220—280 mm. Ohangaron vodiysida tezligi 5—10 m togʻ-vodiy shamoli esadi. Vegetatsiya davri 180 kun. Tuman hududidan Ohangaron daryosi va uning irmoqlari (Beshkoʻl, Irtosh, Koʻksaroy, Chetsuv, Chinor, Qorabogʻ, Oqcha, Shovvoz, Novgarzon, Gushsoy va b.) oqib oʻtadi. Tumanning shim.-gʻarbidagi xoʻjaliklar Chirchikdan boshlanuvchi Hamdam va Parkent kanallaridan suv oladi. Daryo ka-yirlarida oʻtloqi va oʻtloqi-botqoq tuproq, adirlarda tipik boʻz tuproq (chirindisi 15—26%), togʻ etaklarida toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan. Tuman yovvoyi oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy. Adirlarda efemer va efemeroidlar koʻp. Qoʻngʻirbosh, rang , oqquray, qoʻziquloq va tabobatda ishlatiladigan 8 turdagi togʻ giyohlari usadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlarida archa, yongʻoq, pista, togʻolcha, doʻlana, olma koʻp. Qushlardan tustovuq, soʻfitoʻrgʻay, chugʻurchiq, kaklik, kaptar, burgut, kal-xat, qarchigʻay, zargʻaldoq, bulbul, qizilishton, popushak, saʼva va b. bor. Sut emizuvchilardan koʻrsichqon, yumron-qoziq, sassiqkoʻzan, suvsar, kiyik, arhar (togʻ qoʻylari), chiyaboʻri, tulki, boʻri, quyon, boʻrsiq, tipratikan, qobon koʻp, baʼzan ayiq uchraydi. Sudraluvchilardan kaltakesaklar, har xil ilon, hasharotlardan qorakurt va b. mavjud.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, qirgʻiz, rus, tatar, ukrain va b. millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 24 kishi. Shahar aholisi 34,7 ming kishi, qishloq aholisi 43,4 ming (2002).