Oktyabr inqilobi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 1:
'''Oktyabr toʻntarishi''' - Rossiyada Muvaqqat hukumatnit qurol kuchi bilan agʻdarilishi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar partiyasining kelishi [1917 y. 24-26 okt. (6-8 noyab.)]. Fevral inqilobidan keyin Muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va katʼiyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (oʻta soʻl) partiyalarning , mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tugʻdirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sotsialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining de-bochasi boʻladi, deb bong urdilar. 1917 y. avg . oxiri — sent. boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida koʻpchilikni egalladi va qurolli toʻntarishga tayyorgarlik koʻrdi. 24 okt.dan 25 okt.ga oʻtar kechasi (6—7 noyab.) kurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltik, flotining matroslari Qishki sa-royga bostirib kirdi va Muvaqqat hukumat aʼzolarini qamoqqa oldi. Butun Rossiya Sovetlarining 2-sʼyezdida bolsheviklar dastlab soʻl eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat agʻdarilganligini qoʻllab-quvvatlab, Tinchlik va Yer toʻgʻrisida dekretlar eʼlon qildilar. V.I.Lenin boshchiligidagi hukumat — Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sa-noat shaharlarida tezlik bilan hukmronlikni oʻrnatdilar. Asosiy dushman — kadetlar partiyasi esa qonundan tash-qari deb eʼlon qilindi, partiya yoʻlboshchilari qamoqqa olindi, matbuot erkinligiga chek qoʻyildi. Shunga qaramay, Taʼsis majlisiga boʻlgan saylovlar (1917 y. 12 noyab.)da bolsheviklar faqat 25% ovoz oldi. 1918 y. 5(18) yanv.dayanvarda Petrogradda boʻlgan Taʼsis majlisi bolsheviklarning doʻq-poʻpisalardan iborat talablarini rad qilgach, ular tomonidan noqonuniy ra-vishda tarqatib yuboriddi. Bu holat mamlakatning parchalanishi va Rossiyada fuqarolar urushi (1918—22) kuchayishiga olib keldi. 1918 y. mart oyiga kelib Rossiyaning anchagina hududida sovet hokimiyati oʻrnatildi. "Harbiy kommunizm" siyosatiga oʻtilishi, qatagʻon organi — Butun Rossiya Favkulodda komissiyasi (VCHK)ning tuzilishi (1917 y. dek.) va Qizil armiyaning tashkil qilinishi (1918 y. fev.) bolsheviklar gʻalabasini taʼminlab, ularning yakkapartiyaviy hukmronlikni oʻrnatishiga imkon berdi.
 
1917 y. kuzida Turkistonda hokimiyatning Sovetlar qoʻliga oʻtishi uchun obʼyektiv shart-sharoitlar yoʻq edi, bolsheviklarning omma oʻrtasida taʼsiri ham oz boʻlgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq, O.t. haqidagi xabar 27 okt.