Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 1:
'''Oʻzbekiston respublikasi oliy majlisi''' — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng , toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1 chaqiriq Oliy Majlis qoʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994 yil 25 dek., 1995 yil 8 va 22 yanv.yanvar
 
da boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004 ylarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002 y: 27 yanv.dayanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllabquvvatlandi. 2004 yil 26 dek. va 2005 yil 9 yanv.dayanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005 yil 17—20 yanv.dayanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida" (2002 yil 4 apr.), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida" (2002 yil 12 dek.), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida" (2002 yil 12 dek.)gi Konstitutsiyaviy qonunlar, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003 yil 29 avg .), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003 yil 29 avg .) kabi qonunlar tashkil etadi.