Pop tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 11:
ga koʻtarila boradi. Jan. da (Qoraqalpoq choʻlida) va Achchiqkoʻl massivida bal. 350—400 m, shim.da, Chatqrl togʻlarida esa 4000—4500 m ga yetadi. Sirdaryoning har ikki tomonidagi tekislik dehqonchilik qilinadigan asosiy yerlardir.
 
Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27,8°, yanv.nikiyanvarniki —2°, —9°. Yillik yogʻin 120—330 mm. Tumanda tez-tez shamol boʻlib turadi (tezligi sekundiga 1—4 m, baʼzan 24—26 m ga yetadi). Tuman hududidan Sirdaryo, Shim. Fargʻona va Oxunboboyev nomidagi kanallar, tog oldi adirlaridan Cho-daksoy, Gʻovasoy, Jabborsoy, Olmossoy, Uygʻursoy, Tuzliksoy, Ugrijarsoy, Selgasoy, togʻlar orasidan Keng-koʻlsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy va b. soylar oqib oʻtadi. Shuningdek, Qaznoq va Tavot koʻllari bor.
 
Tuman hududida tuproq va oʻsimliklar jan.dan shim. tomon oʻzgarib boradi. Sirdaryoning chap sohilidagi Karakal poq choʻlida koʻchma qumlar va qum barxanlari orasida shoʻrxoklar uchraydi. Oʻzlashtirilgan yerlarning tuprogʻi och tusli boʻz tuproklardir. Bu yerlarda yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, izen, yantoq, qamish, yulgʻun va b. oʻsadi. Sir-daryo va b. daryolarning odoq va qayirlarida oʻtloqi-botqoq va toʻq tusli boʻz tuproklar uchraydi. Shoʻrxok va shoʻrtoblar ham bor. Bu yerlarda tol, turangʻil, yulgʻun, shoʻra, yalpiz, qoʻgʻa va b. oʻsimliklar oʻsadi. Adir zonasida shagʻal va chagʻir toshlar, jigarrang tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan, efemer va efemeroidlardir. Togʻ zonasida yer yuzasi qoyalar va togʻ oʻtloq tuproqlari bilan qoplangan. Bu yerlarda yantoq, archa, togʻterak, yovvoyi olma, doʻlana kabi turli daraxt va butalar, shirach, betaga, shuvoq, isiriq va b. oʻsadi. Togʻ yaylovlaridan keng foydalaniladi.