Raqs: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 32:
20-a.da R. sanʼati Buxoro R.si, Xorazm R.si, Fargʻona R.si yoʻnalishida; zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq R.i sifatida: milliy R. unsurlaridan foydalangan balet spektakllari tarzida rivojlanib keldi. Mazkur yoʻnalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib oʻtib, oʻz shaklishamoyili, mazmuniga ega boʻldi. Bir qator davlat va xalq R. jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Us t a Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turgʻunboyeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Moʻminov, Maʼmura Ergasheva, Yulduz Ismashova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova, Dilafroʻz Jabborova, Qizlarxon Doʻstmuhamedova, Malika Ahmedova kabi R. ustalarining xizmati katta.
 
Mustaqillik davrida R. sanʼati yanada tez surʼatlar bilan rivojlanmokda. 1997 y. 8 yanv.dayanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbekistonda milliy rake va xoreografiya sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni va mazkur farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining oʻsha yili 25 fev.
 
da 101karori chikdi. Shu asosda M. Turgʻunboyeva nomidagi "Oʻzbekraqs" ijodiy birlashmasi tashkil topdi, birlashma qoshida maxsus jamgʻarma tuzildi. Xoreografiya bilim yurti negizida esa Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi barpo etildi. "Oʻzbekraqs", "Oʻzbeknavo" ijodiy birlashmalari tarkibidagi ansambllar, xalq R. merosini oʻrganish va tiklash asosida yangi R.lar yaratish, anʼanaviy R.larni asrabavaylash va munosib darajada namoyish etish, yosh raqqos va raqqosalarni tarbiyalab yetishtirish boʻyicha olib borayotgan harakatlari ijobiy natijalar bermoqda. Milliy raqs ijrochiligi boʻyicha M. Turgʻunboyeva nomidagi mukofot taʼsis etilgan. Bir qator davlat va xalq R. ansambllari (Mas, "Bahor", "Tanavor" va b.), R. ustalari jahonning turli mamlakatlarida boʻlib, oʻzbek R. sanʼatini namoyish etmoqdalar.