Repressiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 1:
'''Repressiya''' (soʻnggi lot. repressio — bosim, tazyiq) — davlat organlari qoʻllaydigan jazo chorasi, qatagʻon qilish. Asosan, mustabid, totalitar, mustamlakachi davlat tomonidan xalqqa nisbatan qoʻllaniladigan jazolash, qatli om, qatli nufus, ommaviy tarzda zulm oʻtkazish tushunchalarini ifodalaydi. Ommaviy jazolash, qiynoqqa solish choralari mustabid davlatlarning xalqni asoratda ushlash, qoʻrqitish, bosim oʻtkazish qurolidir. Mustamlakachi davlatlar oʻzlariga tobe oʻlkalarda xalqning noroziligini, ijtimoiy-siyosiy, ozodlik harakatini bostirish, tag tugi bilan yoʻqotish uchun harbiy, siyosiy, iqtisodiy R. ni qoʻllaganligi tarixdan maʼlum. Mas, chor hukumati Turkistonni bosib olgan birinchi kundan xalqni qoʻrqitish, vahimada ushlash siyosatini olib bordi. Dastlab, istilochi general M. Chernyayev 1865 y. Toshkent mudofaasining rahbari Mulla Solihbek dodxoh Toʻyoqbiy oʻglini 2 shartnomaga imzo chekishdan bosh tortgani uchun 8 nafar sherigi bilan sudsiz, soʻroqsiz Tomsk sh.ga surgun qilib, R.ni qoʻllagan edi. Keyin chor hukumati 1892 y.gi "Vabo qoʻzgʻoloni" (Toshkent) davrida ham bunday chorani qoʻllab, tinch aholidan bir qancha kishini otib tashladi, qoʻzgʻolon rahbarlaridan Sharifxoʻja qozi Poshoxoʻjayev, Inʼomxoʻja oqsoqol Umarxoʻjayevni surgun qildi. 1898 y. qoʻzgʻoloni bostirilgach (q. [[Andijon qoʻzgʻoloni]]), Mingtepa qishlogʻi toʻpga tutilib, aholisi qirildi, 22 mingdan ortiq kishi oʻldirildi, surgun qilindi. Shuningdek, 1916 y.gi mardikorga olish jarayonida qoʻzgʻolon koʻtargan Toshkent, Jizzax aholisiga nisbatan repressiv choralar koʻrildi. Sobiq shoʻrolar hukumati ham mahalliy xalqlarga qarshi R.lar olib bordi. Turkiston muxtoriyatini bostirish, yer islohotini oʻtkazish, jamoalashtirish davrida minglab odamlar qatagʻonga uchradi, mol-mulklari tortib olindi, juda koʻp oilalar Ukraina, Shim. Kavkaz, Sibirga surgun qilindi. Oʻzbekistonda 1928, 1929, 1930-y.larda katta siyosiy jarayonga aylangan "Milliy ittihodchilar ishi", "Badriddinovchilar", "Qosimovchilar", "Maorif xalq komissarligi ishi" kabi R.lar oʻtkazildi. Sovet qukumati sobiq yustitsiya komissarligining "Revolyusion tribunal" (1917 y. 19 dek.) instruksiyasi, Xalq Komissarlari Sovetining "Kizil terror" (1918Y. 5 sent.), sobiq SSSR MIQ Prezidiumining 1932 va 1934 y.larda qabul qilgan gʻayriinsoniy qonunlari va qarorlari hamda "SSSR prokurorining direktivasi" (1935 y. 23 yanv.yanvar) asosida millionlab kishilar OGPU kollegiyasi, maxsus, "uchlik", NKVD — MGB — MVD ning maxsus kengashi, harbiy sud tomonidan guvoh, dalil, isbotsiz qamaldi, otildi, surgun qilindi, qoʻshimcha jazo mudsatini oʻtamay vataniga kaytib kelishiga ruxsat berilmadi. 1937—38 y.larda jazoga tortilgan kishilarning mol-mulki musodara qilindi, hatto norasida bolalari ham turli tutkingoxlarda saqlandi. Shu yillarda amalga oshirilgan ruhoniylar, millatchilar ishi bahonasida talaygina adabiyot, sanʼat, ilmfan va din arboblari R. qilindi. Sobiq hukumat bu bilan kifoyalanmay 20-a.
 
ning 40—50-y.larida taslimchilik, antisovetchilik bahonasida oʻzbek ziyolilariga qarshi navbatdagi R.ni qoʻlladi. 80-y.larda katta shovshuv ostida "Paxta ishi" nomi bilan yangi R. boshlanib, minglab begunoh kishilar qatagʻonga uchradi.