Shri Lanka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 11:
Tarixi. Sh.L. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. av. 5-asrda Hindistondan hindlar koʻchib oʻtishgan. Mil. av. 3-asrda dastlabki yirik davlat uyushmasi paydo boʻldi. 15-asrda 3 yirik davlat (singallarning Kotte va Kandi, tamillarning Jafna davlatlari) vujudga keldi. 16-asrda Portugaliya orol sohilini bosib oldi. 17-asr oʻrtalarida Niderlandiya portugallarni siqib chiqarib, orolning 1/4 qismini egallab oldi. 18-asr oʻrtalaridan Angliya bilan Niderlandiya oʻrtasida orolni egallash uchun kurash avj oldi. 1795—96 yillarda orolni inglizlar bosib oldi. Orol dastlab Angliyaning OstIndiya kompaniyasiga qarashli Madras prezidentligiga qoʻshib yuborildi. 1802 yildan Buyuk Britaniyaning alohida mustamlakasiga aylandi. Seylon aholisining mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1796, 1818, 1848). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida siyosiy tashkilotlar vujudga keldi, milliy ozodlik harakati avj oldi. 1919 yil birinchi yirik siyosiy partiya — Seylon milliy kongressi tuzildi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) mamlakatdagi demokratik kuchlar milliy mustaqillik uchun kurashni yanada avj oldirdilar. 1948 yil 4 fev.da Buyuk Britaniya Seylonga dominion maqomi asosida mustaqillik berishga majbur boʻldi. Mamlakatda chet el harbiy bazalari tugatildi, iqtisodiyotda davlat sektori kengaydi, q.x.da islohotlar oʻtkazildi; tashqi siyosatda betaraflik, harbiy bloklarda qatnashmaslik yoʻli tutildi. 1972 yil 22 mayda Seylon Sh.L. Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1978 yil 7 sentyabrdan Sh.L. Demokratik Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. 1977 yildan iqtisodiyotda xususiy sektorni mustahkamlash va unga xorijiy sarmoyani jalb etish siyosati amalga oshirilmoqda. 1980-y.lardan etnik ziddiyatlar keskinlashgan. Sh.L. — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 4 fev. — Mustaqillik kuni (1948). OʻzR suverenitetini 1992 yil 12 fev.da tan olgan va 1999 yil 13 oktyabrda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Birlashgan erkinlik ittifoqi, 1993 yil tuzilgan; Sh.L. Kommunistik partiyasi, 1943 yil 3 iyudda tashkil etilgan; Sh.L. xalq partiyasi, 1984 yil yanv.yanvar
 
da tuzilgan; Birlashgan milliy partiya, 1946 yil asos solingan. Sh.L. ozodlik partiyasi, 1951 yil tashkil etilgan; Sh.L. sotsialistik partiyasi, 1935 yil dek.da tuzilgan; Sh.L. musulmonlar kongressi, 1980 yil tashkil etilgan; Tamil ozodlik birlashgan fronti, Tamil millatchi partiyalar bloki, 1972 yil asos solingan. Demokratik ishchilar kongressi, 1956 yil tashkil etilgan; Seylon ishchilar kongressi, 1940 yil tuzilgan; Seylon kasaba uyushmasi federatsiyasi, 1941 yil asos solingan; Umumseylon erkin kasaba uyushmalari federatsiyasi.