Somali: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 13:
 
== Tabiati ==
Qirgʻoq chizigʻi kam parchalangan, sohilining aksari pasttekislik. S. hududining markaziy qismini 500—1500 m balandlikdagi plato egallagan. Uning shim. chekkalari balandlashib borib, massivlarga boʻlingan. S. Afrika platformasining shim.sharqida joylashgan. Eng baland joyi — Shimbiris togʻi (2406 m). Pyezokvars, tantal, niobiy, qalay, urantoriy, temir ruda va toshtuz konlari bor. Iklimi ekvatorial, mussonli, qurgʻoqchil. Shim.da tropik choʻl va chala choʻl iqlim. Yillik yogʻin jan. va gʻarbda 500—600 mm, sharkda 100 mm gacha. Yomgʻir, asosan, apr.—iyul va okt.— dek. oylarida yogʻadi. Shim.da yanv.yanvar
 
ning oʻrtacha t-rasi 25—30°, iyulda 32°. Asosiy daryolari — Juba va VabiShabalining quyi oqimida kema qatnaydi. Hududining katta qismi choʻl. Tuprogʻi qizgʻishqoʻngʻir va qizilqoʻngʻir. Oʻsimlik siyrak. Daryo vodiylari va jan. dagi sohilda tropik oʻrmonlar, togʻlarda efir moyli daraxt va butazorlar, vohalarda xurmo va kokos palmazorlari bor. Jan.
Qator 23:
 
== Tarixi ==
S hududi qadimda Punt deb atalgan, bu yerda paleolit davridayoq manzilgohlar boʻlgan. Mil. 1-a.da yirik shaharlar paydo boʻlib, ularning aholisi arab, hind va yunonlar bilan savdo qilgan. 7—8-a.larda musulmon arablar koʻchib kela boshlagan. 12—16-a.larda Zeyla (Adal), Ifat, Hadya va b. sultonliklar boʻlgan. 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida ular mayda amirliklarga boʻlinib ketgan. 17—19-a.larda S hududining bir qismi Ummon, Zanjibar sultonligi, Turkiya qoʻl ostida boʻlgan. 19-a. oxirida Somali ya.o.ni qoʻlga kiritish uchun Yevropa davlatlari oʻzaro kurash boshladi. 20-a. boshlariga kelib S. uch davlat (Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya) mustamlakasiga aylandi. Mustamlakachilik hukmronligiga qarshi 1899—1920 y.larda bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtarildi. 2-jahon urushi vaqtida Italiya armiyasi Britaniya S.sini bosib oldi. 1941 y. boshlarida ingliz askarlari bu yerlardan Italiya armiyasini surib chiqarib, okkupatsiya tartibini oʻrnatdi. Urush yillarida dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. Urushdan soʻng milliy ozodlik harakati avj oldi. 1960 y. sobiq Britaniya va Italiya S.lari birlashib, mustaqil S. Respublikasi tashkil etildi. Ammo mamlakatda turli kuchlar oʻrtasidagi oʻzaro kurash toʻxtamadi. 1969 y. harbiy toʻntarish sodir boʻldi, prezident A. A. Shermark oʻldirildi. S. Demokratik Respublika deb eʼlon qilindi, hokimiyat harbiylar qoʻliga oʻtdi, general Muhammad Siad Barre prezident boʻldi. Bir qancha ilgʻor islohotlar oʻtkazildi. 1991 y. yanv.dayanvarda hukumat qoʻshinlari bilan muxolifatchi guruhlar oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar natijasida Birlashgan S. kongressi (BSK) hokimiyatni qoʻlga oldi, prezident M. S. Barre lavozimidan chetlatildi, Ali Mahdi Muhammad muvaqqat prezident etib tayinlandi. Oʻsha yil noyab.da BSK fraksiyalari oʻrtasida mojaro chiqdi. General Muhammad Farah Aydid boshchiligidagi fraksiya muvaqqat prezident tarafdorlariga qarshi qurolli harakat boshladi. Urugʻqabilachilikka asoslangan guruhlarning mojarosi mamlakatda davlat hokimiyatining barbod boʻlishiga olib keldi. 1992 y. oktyabrda S. shimolida BMT tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi. 2000 y. may — avg . oylarida Jibutining Arta sh.da Afrika va Yevropa davlatlari vositachiligida oʻtkazilgan anjumanda S.dagi turli urugʻlarning vakillari Oʻtish milliy majlisi — parlamentni sayladilar, shu parlament mamlakatning muvaqqat prezidentini sayladi. S. — 1960 y.dan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 1 iyul — Mustaqillik kuni (1960).
 
Siyosiy partiyalari va guruhlari, kasaba uyushmalari. Birlashgan S. kongressi, harbiy-siyosiy guruh, 1989 y. tuzilgan; S. inqilobiy sotsialistik partiyasi, 1976 y. taʼsis etilgan; S. milliy alyansi, harbiy-siyosiy guruh, 1992 y. tashkil qilingan. S. kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1977 y. tuzilgan.