Xmelnitskiy viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
Qator 1:
'''Xmelnitskiy viloyati''' (1954 y.gacha Kamenets-Podolskiy) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 y. 22 sent.da tashkil etilgan. Mayd. 20,6 ming km2. Aholisi 1396 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar (90,8%); shuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 32%. Muhim shaharlari: Xmelnitskiy, KamenetsPodolskiy, Shepetovka, Slavuta. 20 tuman, 24 shaharcha bor. Markazi — Xmelnitskiy sh.
 
Tabiati. X.v. Podoliya qirlarining markaziy qismida joylashgan. Iklimi moʻʼtadil, kontinental. Yozi iliq va sernam; iyulning oʻrtacha trasi 19,4°; qishi yumshoq, yanv.ningyanvarning oʻrtacha trasi —5,6°. Yiliga 563—622 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 217 kun. Daryolari Dnestr, Jan. Bug , Gorin, Sluch. Tuprogi, asosan, kam chirindili qoratuproq, podzollashgan krratuproq, sur va och sur tusli, qumoq, chimlipodzollashgan, chimlikarbonatli tuproklar. X.v., asosan, oʻrmonli dasht zonasida. Hududining 13,4% oʻrmon (dub, qayin, togʻterak, grab, zarang , joʻka oʻsadi). Quyon, tulki, boʻri, yelik, los, tiyin, kemiruvchilar bor.
 
Xoʻjaligi. Oziq-ovqat sanoatida, ayniqsa, shakarqand tarmogʻi rivojlangan. Moysir korxonalari, goʻsht ktlari, sabzavotkonserva, pivo, qandolatpazlik sanoat tarmoqlari bor. Yengil sanoat tarmoklaridan movut i.ch., tikuvchilik, trikotaj, koʻnattorlik, poyabzal, yigiruvtoʻquv tarmoklari rivojlangan. Stanoksozlik va asbobsozlik zavodlari, elektrotexnika, avtomatlashtirish va boshqaruv sistemasi vositalari priborsozligi, radiotexnika, traktor va q.x. mashinasozligi, avtoagregat, mashinasozlik (yengil va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashinalar) zavodlari bor.